• 1-Mustaqil ishi
  • Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti




    Download 0.52 Mb.
    bet1/6
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #59064
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    EMM
    Presentation-WPS Office, Kuch-transformatorlari.Transformatorlar-va-uning-qismlari-tuzilishi-haqida-asosiy-malumotlar.-1, Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish qoidalari (2), УМК ЭСЭС 2022 1-КУРС ЯНГИс, blog-seedify-fund-what-is-blockchain-gaming-and-why-is-it-so-popular-63f91764f1d, Lecture 5, ona tili rus tili, EMM, 5-labaratoriya , 6-sinf informatika uzb, 1-mashg\'ulot, UMK 2013 001, Hosila tatbiqlari, Proektiv tekislikda ikkinchi tartibli chiziqlar



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
    TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM” FAKULTETI
    TT 11-21 guruh 2-bosqich talabasi
    Turobov Shohruxning
    Elektromagnit maydon va to’lqinlar fanidan tayyorlagan
    1-Mustaqil ishi

    Bajardi: Turobov .Sh


    Qabul qildi: Rustamova.M

    REJA:
    1. EMM vektorlari uchun chegaraviy shartlar.EM, EMM vektorlari, maydon nazariyasi operatorlari. Elektr va magnit maydon vektorlari.


    2. Divergensiya va rotor. Muhitlarning xossalari. Dielektrik va magnit singdiruvchanlik. 1, 2, 3-moddiy tenglamalar, ularning fizik ma’nosi.

    Elektromagnit maydon (EMM) tushunchasi ostida o`zaro bog`liq hamda bir-biriga shartli ta'sir ko`rsatuvchi elektr va magnit maydonlarning yig`indisidan iborat bo`lgan materiya ko`rinishi tushuniladi. Tashqi EMM alohida ajralib turuvchi xususiyati uning zarralarning elektr zaryadi kattaligiga va harakat tezligiga bog`liq bo`lgan zaryadlangan zarrachalarga kuch bilan ta'sir ko`rsatishida. Telekommunikasiya sohasida vaqt bo`yicha o`zgaruvchan maydondan foydalaniladi. Bunday maydonning elektr qismi magnit qismidan ajralmas va aksincha. Biroq EMM nazariyasida vaqt bo`yicha o`zgarmas bo`lgan (stasionar) jarayonlardan boshlab, to hozirgi kungacha yig`ilib kelgan tarixiy yig`ilmalardan foydalanilgan holda tabiatdagi elektr va magnit hodisalarni o`rganish tajribalaridan foydalaniladi. Doimiy elektr va magnit maydonlari bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lishi mumkin, ammo ular yakka holdaaxborot uzatish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Zamonaviy o`zgaruvchan EMM nazariyasi - elektrodinamikada elektr va magnit maydonlaridan foydalagan holdayagona EMM hosil qilishda davom etmoqda. EMM tabiatda ob'ektiv mavjud bo`lib, materiyaning ko`rinishi hisoblanadi va uning boshqa shakllaridan farqli tarzda - modda. Turli maydonlar o`zaro ustma-ust tarzda bitta hajmda jamlanishi mumkin, modda zarachalari esa o`zaro singib ketmaydi. Modda zarrachalari boshlang`ich m0 massaga va υ tezlikka ega. EMM zarrachalari bo`lmish fotonlar faqat vakuumda s ≈ 3·108 m/s tezlikka ega bo`lganliklari sababli boshlang`ich massaga ega emas. Moddalar bunday tezlikka hech qachon erisholmaydi, sababi uning massasi m=m0/√1- υ 2 /c2 bo`lganda cheksiz bo`lib qolar edi. EMMning elektromagnit to`lqin hamda modda ko`rinishida harakatlanganda inert massaga ega. Buni P.N.Lebedev yorug`lik bosimini o`lchashdagi o`ta nozik tajribasi davomida aniqladi, D.K.Maksvell esa yorug`lik ham elektromagnit jarayon ekanligini isbotladi. Keyinchalik A.Enshteyn m - massa, s - harakat t ezligi va materiya energiyasi orasidagi o`zaro bog`liqlikni o`rnatdi W=mc2 Bundan ko`rinadiki, 1000 kW quvvatli radiostansiya antennasi bir soat mobaynida 0.04 massaga teng bo`lgan EMM nurlatadi. Bu kichik massaning yuqori tezlikda tarqalishi arzigulik qiymatga ega bo`lgan energiyani vujudga keltiradi. Modda va EMM materiya ko`rinishi sifatida energiyaga, massaga va harakatga ega. Shu sababli, telekommunikasiya signali energiyasini tashuvchisi sifatida qo`llanishi mumkin. To`lqinli elektromagnit jaryonlardan nafaqat erkin fazoda, balki uzatish liniyalarida, radioaloqa va radioeshittirish texnikasining turli elektrodinamik qurilmalarda ham foydalaniladi. Muxandislik amaliyotida odatda mikroskopik va atom masshtablarida sodir bo`ladigan murakkab elektromagnit jarayonlarni o`rganish talab etilmaydi. Aksariyat texnik masalalarda makroskopik masshtab, vaqt va fazo bo`yicha me'yorlashgan jarayonlar qiziqish uyg`otadi. Me'yorlashlar modda atomi va molekulasi o`lchamlaridan ancha katta bo`lgan (ammo foydalanilayotgan elektromagnit to`lqinidan bir qancha kichik) masofalarda hayolan o`tkaziladi. Vaqt bo`yicha me'yorlash intervali elementar zarrachalarning spinli va orbital aylanish davridan katta, ammo tashqi EMM vektorining tebranish davridan kichik. Biz tomondan ko`rib chiqilgan EMM moddaning kvant effektlarini e'tiborga olmaydi va makroskopik (yoki klassik) lektrodinamika deb ataladi.

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti

    Download 0.52 Mb.