Nazorat savollari
1. Kuchaytirgichlarning vazifasi va ishlash prinsipi.
2. Kuchaytirish qurilmalarining texnik ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting.
3. Kuchaytirgichlarning
A
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Kuchaytirgichlarning
V
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Kuchaytirgichlarning
AV
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari.
6. Kuchaytirgichlarning
S
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari.
7. Kuchaytirgichlarning
D
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari.
8. Soddalashtirilgan kuchaytirgich sxemasining ishlash prinsipi.
9. Soddalashtirilgan kuchaytirgichni vaqt diagrammalarining shakllanishi.
10.
D
sinfdagi kuchaytirgichlarning afzalliklari va kamchiliklari.
32
2. RADIOUZATISH QURILMALARI HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
2.1. Radiouzatish qurilmalarining vazifasi
Radiouzatish qurilmasi (RUQ) deb antennaga beriladigan va fazoda
tarqaladigan yuqori chastotali (YuCh) va o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh)
tebranishlarni
generatsiyalash,
quvvat
bo‘yicha
kuchaytirish
va
modulyatsiyalashga xizmat qiladigan
radiotexnik apparatlarga
aytiladi.
Uchta funksiyalar - generatsiyalash, kuchaytirish va modulyatsiyalash
funksiyalari umumiy tushuncha – ma’lumotlarni tashiydigan tebranish
tushuniladigan signalni shakllantirish bilan birlashtiriladi. Fazoga nurlantiriladigan
bunday elektromagnit signal
radiosignal
deyiladi. Uchinchi funksiya –
modulyatsiyalash dastlabki xabarni (masalan, nutq yoki televizion signalni) YuCh
yoki O‘YuCh tebranishga yuklash jarayoni hisoblanadi.
Texnologik tomondan radiouzatish qurilmalari ma’lum elektr sxema
bo‘yicha o‘zaro ulangan integral mikrosxemalar, tranzistorlar, diodlar, elektr
vakuum asboblar, kondensatorlar, transformatorlar va ko‘plab boshqa elementlar
to‘plamidan iborat. Eng takomillashgan konstruksiyalar to‘lig‘icha yarim
o‘tkazgichli gibrid va integral mikrosxemalardan tashkil topadi. Radiouzatichlar
ma’lum radioelektron tizim doirasida ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi.
Ularga quyidagi tizimlar kiradi:
−
ovoz va televizion radiouzatish tizimlari;
−
yer usti vositalari yordamida radioaloqa, xususan, sotali radioaloqa
tizimlari;
−
global kosmik radioaloqa, televizion radiouzatish va radionavigatsiya
tizimlari;
33
−
turli xil ob’ektlarni radioboshqarish va radiotelemetrik nazorat qilish
tizimlari;
−
olis masofali, o‘rta va yaqin ishlash radiusili radiolokatsion tizimlar.
Radioelektron tizimning vazifasiga bog‘liq ravishda radiouzatkichlarning
lampali yoki yarim o‘tkazgichli turlari, YuCh yoki O‘YuCh diapazon
radiouzatkichlari, uncha katta bo‘lmagan yoki oshirilgan quvvatli radiouzatkichlar,
uzluksiz yoki impulsli rejimda ishlaydigan radiouzatkichlar qo‘llanadi.
O‘ziga xos piramida ko‘rinishida berilishi mumkin bo‘lgan radioelektron
tizim tarkibida radiouzatkichning o‘rnini aniqlaymiz (2.1- rasm). Piramidaning
pastki darajasini tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, integral mikrosxemalar va
boshqalarni o‘z ichiga oladigan elementlar asosi tashkil etadi. Ulardan bo‘g‘inlar
tuziladi, bo‘g‘inlar funksional tugallangan zanjirlarga, ya’ni avtogenerator,
chastota
o‘zgartirgichi, modulyator, tebranishlar quvvati kuchaytirgichi,
demodulyator, o‘ta yuqori chastotali, yuqori, oraliq va past chastota
kuchaytirgichlari va boshqalar kabi kaskadlarga birlashtiriladi.
Navbatdagi daraja kam shovqinli O‘YuCh kuchaytirgich, signal modem-
modulyator va demodulyatori, signalga ishlov berish bloki, YuCh yoki O‘YuCh
tebranishlar quvvatini kuchaytirish bloki, radioqabul qilgichning chiziqli trakti,
antenna-fider trakti va boshqalar kabi bloklar hisoblanadi. Piramidaning keyingi
yuqori darajasi funksional tugallangan qurilmalar – turli radiotexnik tizimlar
tarkibida
mustaqil
ishlaydigan
radioqabul
qilgichlar,
radiostansiyalar,
radiolokatorlar, televizorlar va boshqalarni o‘ ichiga oladi. Qaralayotgan
piramidaning aynan bu darajadasida radiouzatish qurilmalari joylashgan.
Qurilmalarda faqat integral mikrosxemalar qo‘llanganda uchta quyi darajalar
bittaga birlashtiriladi.
34
2.1- rasm. Radioelektron tizim tarkibida radiouzatkichning o‘rnini aniqlash
|