29
Faza komparatorining o‘zida, chiqish filtrida va maxsus fazani suruvchi
RC
-
zanjirda bo‘lib o‘tadigan signalning kechikishi tufayli suriladi.
1.20- rasmda keltirilgan teskari aloqasiz kuchaytirgichning umumiy tuzilish
sxemasini ko‘rib chiqamiz.
Raqamlashtirilgan signal audio protsessorga beriladi, u o‘z navbatida,
kenglik-impulsli modulyatsiyalash (
PWM - Pulse Width Modulation
) yordamida
yarim o‘tkazgichli kalitlarni boshqaradi. Qo‘shimcha aytish mumkinki, SHIM-
signalni, masalan, arrasimon kuchlanishni analog-raqamli o‘zgartirishsiz
komparator va generator yordamida olish mumkin. Bunday usul
D
sinfdagi
kuchaytirgichlarda ham keng qo‘llanadi, lekin raqamli texnikaning rivojlanishi
tufayli asta-sekin o‘tmishda qolmoqda. Analog-raqamli o‘zgartirish ovozga ishlov
berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar – ovoz balandligi va tembrni rostlashdan
tortib to reverberatsiya, shovqinni so‘ndirish, akustik teskari aloqani so‘ndirish va
boshqalar kabi raqamli samaralarni amalga oshirishgacha imkoniyatlarni
ta’minlaydi.
1.20- rasm. Raqamli kuchaytirgichning tuzilish sxemasi
D
sinfdagi ko‘priksimon kuchaytirgichning to‘liq tuzilish sxemasi 1.21-
rasmda, uning vaqt diagrammalari esa 1.22- rasmda keltirilgan.