Signal manbai ARO’ OChF PChF Audio protssesor Analog Analog Raqamli KIM +U ta’m Balandlik Tembr Samaralar
30
1.21- rasm. D sinfdagi ko‘priksimon kuchaytirgichning to‘liq tuzilish sxemasi
1.22- rasm. D sinfdagi ko‘priksimon kuchaytirgichning vaqt diagrammalari
Analog kuchaytirgichlardan farqli ravishda
D sinfdagi kuchaytirgichlar
chiqish signali to‘g‘ri burchakli shakldagi impulslar hisoblanadi. Ularning
amplitudasi o‘zgarmas, davomiyligi (“kengligi”) esa kuchaytirgichning kirishiga
beriladigan analog signalning amplitudasiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Impulslar
chastotasi
(diskretlashtirish
chastotasi)
o‘zgarmas va kuchaytirgichlarga
qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda bir necha o‘nlab kilogerslardan yuzlab
kilogerslargachani tashkil etadi. Shakllantirilganidan keyin impulslar kalit rejimida
U с U tayanch U g U D0 U chiq Generator U s U g U s , U g U KIM +U KIM -U KIM
31
ishlaydigan oxirgi tranzistorlarda kuchaytiriladi. Impulsli signalni analog signalga
o‘zgartirish kuchaytirgich chiqishidagi filtrda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklamada
bo‘lib o‘tadi.