20
Zatvor-istok
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishining kirish qarshiligi yuzlab
megaomlarga yetadi, uni zatvorni umumiy o‘tkazgichga galvanik tortish
(maydoniy tranzistorni o‘tishlardan himoyalash) maqsadida zatvor va istok orasiga
rezistorni qo‘shish bilan kamaytirish mumkin.
Bu
R
z
rezistorning qiymati (odatda 1 dan 3 MOmgacha) zatvor-istok
qarshiligini kuchli shuntlamaslik va bunda teskari surilgan boshqarish o‘tishi
tokidan o‘ta yuklanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun mos tanlanadi.
Umumiy istokli sxemadagi maydoniy tranzistorning sezilarli kirish qarshiligi
undan kuchlanishni kuchaytirish sxemalarida foydalanishda aynan maydoniy
tranzistorning muhim afzalligi hisoblanadi, axir stok zanjirining
R
s
qarshiligi
odatda 1...10 kOmlardan oshmaydi.
Umumiy stokli ulanish
Maydoniy tranzistorning umumiy stokli ulanish sxemasi (istokli takrorlagich)
bipolyar tranzistor (emitterli takrorlagich) uchun umumiy kollektorli sxemaning
o‘xshashi hisoblanadi. Bunday ulanish chiqish qarshiligi kirish qarshiligi bilan
fazada bo‘lishi kerak bo‘ladigan moslashtirish kaskadlarida ishlatiladi (1.10-
rasm).
1.10- rasm. Maydoniy tranzistorni umumiy stokli ulanishi