22
mos ravishda stok toki kamayadi va istok zanjirining
R i qarshiligidagi kuchlanishni
kamaytiradi.
1.3. Kuchaytirgichlarning ish rejimlari O‘tish xarakteristikasida dastlabki ishchi nuqtani tanlashga bog‘liq ravishda
ish rejimlar A, V, AV, S va D rejimlar bo‘lishi mumkin.
A rejim . Bunda signal bo‘lmaganida sxemaning holatini aniqlaydigan va
I k0 osoyishtalik toki deyiladigan IN dastlabki ishchi nuqta xarakteristika chiziqli
qismining taxminan o‘rtasida joylashadi (1.12- rasm). Bu rejimda
U sil siljitish
kuchlanishi
U kirm kirish kuchlanishidan doimo katta, ya’ni
U sil > U kirm bo‘ladi,
kollektor tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi esa o‘zgaruvchan tashkil etuvchidan
katta bo‘ladi yoki taxminan unga teng, ya’ni
I k0 ≥ I km bo‘ladi. Sinusoidal kirish
signaliga sinusoidal chiqish toki mos keladi, nochiziqli buzilishlar minimal, lekin
kaskadning foydali ish koeffitsienti atigi 20-30% ni tashkil etadi.
1.12- rasm. A ish rejimi
V ish rejimi. Bu rejimda dastlabki ishchi nuqta koordinatalar boshi bilan
mos tushadi, ya’ni osoyishtalik toki
I k0 =0 bo‘ladi. Kirishga sinusoidal signal
berilganida chiqish zanjiridagi tok davrning yarmi davomida oqib o‘tadi va
θ=π/ 2
23
kesish burchagili impulslar shakliga ega bo‘ladi. V rejimda ishlaydigan
kaskadning foydali ish koeffitsienti 60–70%. Lekin chiqish signalining shakli
o‘tish xarakteristikasining nochiziqli oralig‘i tufayli buziladi (1.13- rasm).
1.13- rasm. V ish rejimi