ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagilar) o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da’vat etiladi. Bu bosqichda:
zamonamiz qahramonlari haqidagi maqolalar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, mavzuli kechalar va qo‘shiq tanlovlari tashkil etish, spektakllardan lavhalar namoyish qilish;
o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Vatanimni ko‘z qorachig‘idek asrayman”, “Yurt taqdiri – mening taqdirim” mavzularida insholar tanlovini tashkil etish;
sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Temurbekning izdoshlari”, “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur” kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etish;
harbiy-vatanparvarlik mavzusida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar namoyish etish va ularning muhokamasini o‘tkazish;
darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga buyuk sarkardalarimizning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ularning jasorati, fidoyiligi va qahramonliklari to‘g‘risida yorqin misollar asosida hikoya qilib berish;
Temurbeklar maktablari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar tashkil etish;
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Temurbek vorislari” harbiy-sport o‘yinlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga alohida ahamiyat berish;
|