uchinchi bosqich (16-18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Mazkur bosqichda yuqoridagi vazifalarga qo‘shimcha ravishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
–yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib borish;
–o‘quvchi yoshlarning nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy qismlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish;
–milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib borish;
|