birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo‘shiqlar o‘rgatish, multfilm va turli o‘yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona-yurtga muhabbatni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi:
–harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak va hikoyalar aytib berish;
–ona-Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani bilan bog‘liq mavzulardagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish;
–bolalarning tasavvurini kengaytirishga doir rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini mustahkamlash uchun turli musobaqa va tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni ma’naviy rag‘batlantirish;
–harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar namoyish etish va turli o‘yinlar o‘tkazish;
–harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik mavzusi bilan bog‘liq madaniyat va istirohat bog‘lariga ekskursiyalar uyushtirish;
|