Beshinchi bosqich, 90-yillarning oxiridan 2001-yil 11-sentabrgacha bo‘lgan davrda, turli hudud va mamlakat yoshlari hamda boshqa ijtimoiy guruh vakillarini mavjud zamonaviy va global muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan faol ijtimoiylashuvi va o‘zaro hamkorlikdagi kuchlarini birlashtirishni nazarda tutuvchi yoshlar siyosatini amalga oshirishning umumbashariy yondashuvi shakllantirilgan bosqich sanaladi.
Oltinchi bosqich, 2001-yil 11-sentabrdan boshlanib, hozirgi davrgacha davom etmoqda, chunki yoshlarning aksariyati terrorchilik va boshqa zarar keltiruvchi oqimlarning qurbonlariga aylandilar va uning cho‘qqisi sifatida 2014-yil Suriya va Iroq davlatining suvga boy yerlarida Islom davlati paydo bo‘lib, uning mafkuraviy ta’siri butun dunyoga ta’sir qila boshladi. Mazkur davlatning mafkurasi bevosita Internet hamda audio va videomateriallarda tarqala boshlab, o‘z girdobiga minglab yoshlarni jalb qilish asosida qonli terrorchilik hujumlar ko‘pgina dunyo mamlakatlarida yuzaga keldi, ya’ni AQShda, Kanadada, Shri-Lankada, Suriya va Iroqda, Afg‘onistonda, Isroilda, Rossiyada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya mamlakatlarida. Musulmonlar ham xristian yoshlarning yovuzli terrorchilik qurbonlariga aylandilar. Chunonchi, 2019-yilning mart oylarining o‘rtalarida Kraystcherch shahrining ikkita masjidlarida (Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida) o‘qotar quroldan tegishli otishmalar yuzaga kelib,uning natijasida politsiyaning xabariga ko‘ra, 50 nafar shaxs o‘ldirildi, yana 50 nafari tegishli jarohatlarga ega bo‘ldi. Yangi Zelandiyaning Bosh vaziri Djasinda Ardern bu harakatlarni terroristik harakat deb baholadi. Yagona terrorchiga, 28yoshga ega avstraliyalik Brenton Tarrantga qotillik sodir etganligi to‘g‘risidagi aybnoma e’lon qilindi. Ammo bu terrorchilik harakatlaridan so‘ng xristian odamlarning boshiga ham musibatlar yog‘ildi, ya’ni National Thowfeek Jamaath, deb nomlangan terrorchilik tashkiloti 2019-yilning xristianlarning Pasxa bayrami deb e’lon qilingan yakshanba kuni Shri-Lankada bir qator portlashlar yuzaga keldi, dastlabki oltita portlashlar uchta xristianlar cherkovlarida va poytaxtning uchta mehmonxonasida yuzaga kelgan bo‘lsa, yettinchisi – orolning g‘arbida, sakkizinchisi esa – Kolomboga tutash bo‘lgan aholi yashash hududida yuzaga keldi va buning natijasida 321 nafar nasroniy vafot etib, 520 nafardan ortiq xristianlar tegishli jarohatlar oldilar. Musulmon terroristlari bu harakatlarni ataylab, Kraystcherchda o‘ldirilgan musulmonlar uchun intiqom olish sifatida baholadilar. Yovuz niyatlarga ega bo‘lgan yosh terrorchilar o‘zining mudhish jinoyatlarini Iroq va Suriyada ham sodir etdilar, ammo taraqqiyparvar davlatlar, shu jumladan, Rossiya, Turkiya va Eron davlatlatlari Islom davlatiga qarshi harbiy ta’sir ko‘rsatib, Islom davlatining aksariyat hududlarini “Kalibr” rusumidagi raketalar yordamida terrorchilardan tozalab, Suriyaning qonuniy hukumatining ta’sir kuchini mazkur davlatning hududida tiklashga erishdilar, 2019-yilga kelib, faqatgina Idlib hududi hozircha terrorchilar qo‘lida qolmoqda. Ularning bir qismi esa noma’lum vertolet moslamalarida Afg‘onistonning shimoliy hududiga ko‘chirildi va Afg‘oniston ma’muriyati hamda u yerda bo‘lgan Amerika va NATO qo‘shinlariga tahdid solmoqda. Aynan bir paytda Tolibon terroristik jamoaning ham faoliyati kuchayib ketdi va bu tashkilot hozirda Afg‘onistonning 70 foiz hududini nazorat qilmoqda va ularning ba’zi bir jangovar harakatlari Tojikiston va Turkmanistonning chegaralari joylashgan hududda yuzaga kelmoqda. Bu juda xatarli holat bo‘lib, afg‘on yoshlarning bir qismi esa O‘zbekistonning janubiy viloyati bo‘lmish Surxondaryo viloyatida endigina ochilgan Oliy o‘quv yurtida o‘qishni boshladilar. O‘zbekistonning Afg‘onistonda bo‘layotgan urushli mojarosiga nisbatan u yerda tinchlikni o‘rnatish siyosati butun dunyo mamlakatlari tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, oltinchi bosqichda yoshlarning e’tiqodi va sog‘lom mafkuraviy g‘oyaga ega bo‘lishi uchun yovuz ekstremistik va diniy fundamentalizmga ega bo‘lgan kuchlarga qarshi betinim mafkuraviy kurash ketmoqda va bu kurashda G‘arbning ommaviy madaniyat ta’siriga ham qarshi harakatlar olib borilmoqda.
Shunday qilib, yoshlarning mustaqil ijtimoiy kuch sifatida tan olinishi, G‘arbning sanoati rivojlangan davlatlari tomonidan yoshlar siyosatini davlatning ustuvor siyosati sifatida belgilashi, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini tan olishi bevosita ijtimoiy-iqtisodiy (aholining keksayishi, demografik va migratsiya muammolari, milliy o‘zlikni asrash, terrorizm, ekologik va energetika xavfsizligi va boshqa - global muammolar) kabi siyosiy muammolar bilan bog‘liq.
Globallashuv jarayonlari va uning ta’sirida yuzaga kelayotgan muammolar bugungi yoshlarning ongi, dunyoqarashi hamda tafakkur tarzida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bunday ta’sir yoshlarning huquqiy va siyosiy jarayonlarga jalb etilishini hamda shu yo‘l bilan ulardan g‘arazli maqsadlardan foydalanishga bo‘lgan harakatlarida o‘z aksini topmoqda. Shu o‘rinda muammo, asosiy manfaatni huquqiy va siyosiy jarayonlarda qatnashayotgan yoshlar emas, balki uni tashkil etayotgan g‘arazli kuchlar ko‘rayotganligida bo‘lmoqda. Yoshlardagi shijoat, faollik, yangilikka moyillik yoxud huquqiy va siyosiy tajribaning yetishmasligidan ular samarali foydalanishmoqda. Mazkur jarayonning xavfli tomoni, globallashuvning yovuz kuchlar yoki oqimlarga huquqiy ongi va madaniyati shakllanmagan yoshlarni ommaviy tarzda siyosiy jarayonlarga jalb qilishning tobora kuchayayotganidadir. Natijada, ayrim mamlakatlardagi bir qism yoshlarda bunyodkorlik, yaratuvchanlik, bag‘rikenglik, insonni ulug‘lash kabi umumbashariy qadriyatlar o‘rniga yoshlarning ongi va ruhiyatida jangarilikka moyil tuygularning shakllanishi jarayoni yuzaga kelmoqda. Bu nafaqat mamlakatlarda huquqiy va siyosiy barqarorlik, balki yoshlarning istiqboli uchun xavfli sanaladi. Masalan, Rossiya (Rossiyada yigirmadan ortiq natsizmni qo‘llab quvvatlovchi tashkilotlar yuzaga kelib, ular Markaziy Osiyodan kelgan gastarbayterlarni jismoniy tazyiqlarga hattoki jismoniy yo‘q qilishgacha bormoqdalar) va Ukraina yoshlarida natsizm, radikalizm g‘oyalari, Armaniston yoshlarida ham “demokratiya”ni niqobi ostida davlatchilik tartibotiga xavf tug‘dirish kayfiyati shakllandi. Bunday xavfning oldini olmay turib, birorta mamlakat ijobiy rivojlana olmaydi. Uning asosiy omillaridan biri esa, yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish hamda uni mamlakatlar yoxud ularda yashayotgan xalqlarning manfaatiga xizmat qilishga yo‘naltirishdir.
Demak, bunday xavfning oldini olishda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish uchun tegishi chora-tadbirlarni ishlab chiqish zaruriyati mavjuddir. Shunga asosan, 2018-yil 23-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №140 sonli “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi konsepsiya qabul qilindi1.
|