|
Temurbeklar maktabi
|
bet | 113/151 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 5,41 Mb. | | #13872 |
Birinchi bosqich, XX asrning 50-yillaridagi “tabiiy paternalizm” bosqichidir. Bunda davlat va jamiyat o‘zining konservativ yondashuvini namoyish etadi, ya’ni yoshlarga o‘ziga xos talablarga ega alohida ijtimoiy guruh sifatida e’tibor qaratmaydi. Yoshlar muammolarini hal etish bilan asosan, ixtiyoriy tashkil etiladigan ijtimoiy, diniy va jamoat tashkilotlari shug‘ullanishgan.
Ikkinchi bosqich, 60-yillarda “Yoshlar - qo‘rqinchli kuch” shiori bilan xarakterlanadigan va avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatni aks ettiruvchi, yoshlarni neokonservativ kuch sifatida qabul qiluvchi bosqich sanaladi. Bu paytda yoshlar muammosini hal etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy davlat xizmatlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, “yoshlar siyosatining tarmoq” modeli asosan arosatda qolgan yoshlar guruhi muammolarini hal etishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.
|
| |