Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra,buyuk davlat arbobi va sarkarda sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berilishi yoshlarni mazkur maktabda o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi1. O‘rni kelganda aytib o‘tish joizki, respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “Armiyadagi xizmat to‘g‘risida jamoatchilik fikri” mavzusida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan ota-onalarning 92,5 foizi farzandlari armiyada xizmat qilishini bajonidil xohlashlarni bildirgan bo‘lsalar, yoshlarning 88,1 foizi armiyada xizmat qilish istagi borligini ta’kidlaganlar2. Bu Qurolli Kuchlarning ochiqligi, xalqning, ayniqsa, yoshlarning unga ishonchi, harbiy xizmat nufuzini oshib borayotganli, aholi orasida maqsadli ravishda olib borilayotgan targ‘ibot ishlarining natijasidir.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlar akademiyasida tuzilgan “Vatanparvarlar” targ‘ibot-tashviqot guruhlari a’zolari 2014- yilning 7-14- aprel kunlari respublikamizning viloyatlari o‘tkazilgan tadbirlarga 7830 dan ortiq yoshlar qamrab oldilar3.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida an’anaviy ravishda haftaning har chorshanba kuni ochiq eshiklar kunini tashkil etilishi, tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlarni, ularning ota-onalarini maktabdagi o‘quv jarayoni, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishuvlari ularni mazkur maktabda o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada kuchaytirmoqda. Masalan, mazkur maktabga 2018-yilda 720 ta nomzod hujjat topshirgan bo‘lsa, 2019-yilda ularning soni 928 taga yetdi. Nomzodlarning bilim darajalarida ham o‘sish sezilarli darajadaligi ko‘zga tashladi. Agar 2018-yilda o‘tish bali 45,0 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatgich 55,5 ballni tashkil etdi.
|