Temurbeklar maktabi




Download 5,41 Mb.
bet106/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   151
Inoyatov I.Yu. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” tarix fani o‘qituvchisi, tarix fanlari nomzodi
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak1. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muhim bo‘g‘ini – innovatsiyalar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham o‘z o‘rnini topmoqda.

Innovatsiya ma’lum sohada muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan, foydali yangicha yondashuv bo‘lib ular tashabbuslar
va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim va tarbiya saviyasini oshirish
va rivojlantirish uchun imkon beradi. Ta’limning barcha sohalari kabi harbiy ta’lim-tarbiyada, shu jumladan, harbiy kadrlar zahirasini tayyorlab beruvchi “Temurbeklar maktabi”da ham ham innovatsion yondashuv talab etilmoqda.

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari, bo‘lg‘usi ofitser va davat xizmatchilarini ma’nan, ruhan yetuk qilib tarbiyalash, ularni har qanday vaziyatda chidamliligi va vatanparvarligini kuchaytirish pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishishda eng zamonaviy pedagogik, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu bilan birga jamoat tashkilotlari, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, Qurolli Kuchlar faxriylarning kuch va imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli va jismonan baquvvat, vatanparvar, kelgusida xizmat vazifalarini o‘tashda “VATAN, XALQ, PREZIDENTGA SODIQLIK” g‘oyalari asosida tarbiyalashda, ularda o‘z tarixidan, ona-Vataniga xizmat qilish, uning qurolli himoyachisi bo‘lganligidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish, mehnatsevarlik va jangovar qobiliyati va tafakkurini yuksaltirishga erishish uchun hozirgi dunyo taraqqiyoti, talablaridan kelib chiqib yondashish talab etiladi. O‘quvchida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zini shu jarayonlarning faol ishtirokchisi degan tuyg‘uni qaror toptirish, ularda faol hayotiy pozitsiyaga egalik va vatanparvarlik hissini tarbiyalashda barcha o‘quv fanlari hamda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tashkillashtiriladigan tarbiyaviy jarayonlarning tutgan o‘rni beqiyosdir.

Bugungi kunda “Temurbeklar maktabi”ga o‘z tengdoshlari orasida bilimli bo‘lgan o‘smirlar qabul qilinmoqdalar. Ularni keng dunyoqarashga ega, yuksak ma’naviyat va insoniy fazilatlarga ega vatanparvar etib tarbiyalash pedagogik jamoa oldida turgan eng muhim vazifadir. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi vatanparvarligi shakllantirish komponentlarini quyidagilar qamrab olishi lozim:

– o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, qadriyatlarini bilishini ifodalovchi ma’naviy fazilat;

– o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha;

– har bir ezgu ishni Vatan, xalq uchun deb qilish va Vatan, xalq manfaati uchun har qanday shaxsiy manfaatdan voz kechish;

– o‘zi tug‘ilib, unib-o‘sgan zamin uchun, shu zaminning xalqi uchun vijdonan xizmat qilish, kerak bo‘lganda boshqalarni ham shunga da’vat qilish;

– o‘zini va yon atrofdagi tengdoshlarini buyuk maqsadlar sari undash, maqsad sari intilishda har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish, o‘zini tinimsiz safarbar etish fazilatni kundalik faoliyat mezoniga aylantirish;

– har bir ishda fidoiylik ko‘rsatish, ma’naviy-ruhiy jihatdan barqaror, metin irodali bo‘lish;

– insoniylik fazilatlariga ega buyuk qalb sohibi bo‘lish.

Bu fazilatlarga ega bo‘lgan inson o‘z kelajagini vatan taraqqiyoti, o‘z xalqiga muhabbati, prezidentiga sadoqatida ko‘radi, shu tufayli har bir ishda jonini ham ayamaydigan, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o‘zini qurbon qilishga ham ma’nan, ham ruhan tayyor bo‘ladi.

Aytish mumkinki, “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari o‘z tengdoshlariga nisbatan vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllangan yoshlardir. Chunki ularni o‘z tengdoshlaridan o‘laroq ravishda mashaqqatli harbiylik kasbini tanlashlarining o‘zi buning yorqin misolidir. Pedagogik jamoaning, komandirlarning navbatdagi vazifasi ana shu tuyg‘uni yuksaltirish hamda o‘quvchilarni qalbiga jo etishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun, avvalambor:

– o‘quv jarayoni davomida har bir fan bo‘yicha o‘tiladigan dasrlarning tarbiyaviy maqsadlarida vatanparvarlik fazilatini yuksaltirishga e’tibor qaratish zarur. O‘tilayotgan fan sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berish, ularning mamlakat taraqqiyoti yo‘lida tutgan o‘rni va roli haqida gapirib o‘tish orqali ham o‘quvchida mazkur fanga qiziqish orttirish bilan bir qatorda mamlakat taraqqiyotining yana bir bosqichidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantiradi;

– “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik” kuni doirasida tashkillashtiriladigan ma’naviyat soatlarida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, Vatanimizning har sohada erishgan muvaffaqiyatlari haqida berib boriladigan ma’lumotlar bilan bir qatorda o‘quvchilarga:


  • Vatan bilan g‘ururlanish;

  • mamlakat kelajagiga daxldorlik;

  • ajdodlarga munosib izdosh bo‘lish;

  • vatanning har bir qarich yerini muqaddas bilish va uning daxlsizligi uchun jon fido qilishni muqaddas burch deb bilish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirishga qaratilgan tushunchalar singdirib boriladi. Mazkur tadbirlarga ma’naviy targ‘ibot markazi xodimlarini, yetuk olimlarni, yozuvchi va shoirlarni, san’atkorlarni jalb etilishi ularni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini mard, matonatli, shijoatli, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan unumli foydalanish bilan bir qatorda maktabda tashkil etilgan sport klublari faoliyatidan, o‘quvchilar o‘rtasida an’anaga aylangan “Amir Temur avlodlar”, “Yosh chegarachi”, “Yosh o‘t o’chiruvchi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Shunqorlar”, “Burgut” kabi harbiy-sport o‘yinlarida hamda turli darajadagi sport musobaqalarida faol ishtiroklarini ta’minlashham harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining muhim komponentlaridan hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, Vatan mukofotlari sohiblari, xizmat vazifalarini o‘tashda namuna ko‘rsatayotgan harbiy xizmatchilar bilan tashkil etiladigan tadbirlar, “Jasorat” darslari o‘quvchilarda harbiy kasbga muhabbatni oshirish bilan bir qatorda bu kasb egasi bo‘lishdan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Yuqorida qayd etilgan yo‘nalishda tashkil etilgan tadbirlar “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarida:


  • milliy o‘z-o‘zini anglashi, milliy g‘urur, shu yurt, millat farzandi bo‘lganlikdan faxrlanish;

  • vatan, xalqqa daxldorlik, vatan va millat jonkuyari bo‘lish;

  • millatning moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylash;

  • xalq an’analari, milliy qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda,“VATAN, XALQ, PREZIDENTGA SODIQLIK” g‘oyalari har bir “Temurbeklar maktabi” o‘quvchisining kundalik shiori bo‘lish va tarbiyaviy ishlarning barcha yo‘nalishlari shunga xizmat qilmog‘i kerak.


Download 5,41 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   151




Download 5,41 Mb.