Tahririyat a’zolari:
Mamatov X.M.
|
–Mas’ul muharrir, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” direktori,
fizika-matematika fanlari nomzodi
|
Xaydarov A.
|
–O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – o‘quv bo‘limi boshlig‘i, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
|
Inoyatov I.Yu.
|
–O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” tarix fani o‘qituvchisi, tarix fanlari nomzodi
|
To’xtamisheva N.X.
|
–O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” ona tili va adabiyot fani bosh o‘qituvchisi
|
O’ljayeva D. A.
|
–O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” rus tili va adabiyot fani katta o‘qituvchisi
|
Imomova N. A.
|
–O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” ingliz tili o‘qituvchisi
|
©
© O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi”
Kirish
Ma’lumki, har qanday islohot, xususan, millionlab yoshlarning hayoti va kelajagiga bevosita daxldor bo‘lgan o‘zgarishlar har tomonlama chuqur o‘ylab ish tutishni, yetti o‘lchab, bir kesishni talab etadi1. Chunki davlat va jamiyat taraqqiyoti bugun maktab sinfxonalarida ta’lim olayotgan yoshlarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Mana shuni anglab etgan, bugungi kunda jahonning rivojlangan davlatlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar, avvalo, ta’lim tizimidan boshlanganligini ko‘ramiz.
Mana shundan kelib chiqqan holda keyingi ikki yil ichida O‘zbekistonda ta’lim sohasi islohotlarida o‘n yilliklarga teng ishlar amalga oshirildi. Ta’lim yo‘nalishida noananaviy bo‘lgan, ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda2.
“Temurbeklar maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyunda 4375-sonli “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmatlari uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Maktabda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda qarorda quyidagi vazifalar qo‘yildi:
– o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
o‘quvchilarda kengdunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik hislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash1.
Qo‘yilgan vazifalar ko‘lami ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy ta’lim usul va uslublari, shu jumladan, jahon tajribasida bo‘lgan eng zamonaviy innovatsion g‘oyalar asosida tashkil etish orqali o‘qitish samaradorligini yuksaltirish vazifasini ilgari suradi.
O‘rta-maxsus harbiy ta’lim tizimi boshqa ta’lim tizimlaridan o‘zining ayrim jihatlari bilan ajralib turadi. “Temurbeklar maktabi”da tarbiyalanuvchilar hayot tarzini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy Nizomlari doirasida yo‘lga qo‘yilganligi, kun tartibini mustahkam harbiy intizom talablari asosida tashkil etilishi o‘smirlar bilan ishlash jarayonini ancha yengillashtirsa, o‘quvchilarni oilalaridan alohida yashashga, mustaqil hayot tarziga o‘tishga, rejali kun tartibiga ko‘nikish, harbiylik hislatlarini shakllantirishga ruhan hamda ma’nan tayyorlash ancha murakkab psixologik-pedagogik jarayonlarni talab etadi.
Mazkur anjumanni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi aynan shu masalalar yechimida to‘plangan tajribalarni ommalashtirish, kelajakda amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir.
|