O’RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING DOLZARB MASALALARI




Download 5,41 Mb.
bet5/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
O’RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING DOLZARB MASALALARI
Raxmanova O.H.– O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi
Zamonaviy innovatsion davrda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish maqsadida dars mashg’ulotlarida pedagogik innovatsion texnologiyarni faol tarzda qo’llashimiz talab qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlarni tatbiq etishga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Boisi, bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi.

Hammamizga ma’lumki, 2012-yil 10-dekabrda O’zbekiston Respublikasing birinchi prezidenti Islom Karimov “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori tasdiqlandi. Shu qarorga asosan o’quvchilarda 5 ta ko’nikmani: o’qish (reading), eshitish (listening), yozish (writing), gapirish(speaking), leksik va grammatik kompetensiya (lexical and grammatical competence)larni rivojlantirish asosiy vazifa bo’lib, bunga asosan jahon talablariga mos ravishda chet tillarini bilishning xalqaro standarti ishlab chiqildi.

Yuqorida ta’kidlagan 5 ta ko’nikma bevosita innovatsion texnologiyalar orqali ingliz tili darslariga tatbiq qilinadi.Shu sababli, chet tili o’qitishda pedagogik innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish nafaqat o’quvchining bilim samaradorligini balki, dunyoqarashi, nutq madaniyati, kompyuter texnologiyasidan foydalanish madaniyatini ham rivojlantiradi.Har bir ko’nikma o’quvchining til sohasidagi imkoniyatlarini rivojlantiradi. Masalan, o’qish, yozish, leksik va grammatik kompetensiyalarni o’rgatishda biz o’qituvchilar slaydlar va tarqatmalardan keng foydalinishimiz yuqoridagi ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Gapirish ko’nikmasini dars mashg’ulotlariga video darslar orqali darsga tatbiq qilish mashg’ulotni yanada samarali bo’lishiga yordam beradi. Yoki, eshitish ko’nikmasini rivojlantirishda audio materiallar va eshittirish moslamalaridan foydalanish ilg’or pedagogik texnologiyalarni talab qilmoqda.

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasalarida ilg’or innovatsion texnologiyalardan samaradorligini oshirish bo’yicha muammo va mavjud holatlar qatoriga quyidagilarni qo’shish mumkin:



  1. Mavjud o’quv muassasalarni zamonaviy texnik qurilmalar, kompyuter, videoproyektor, elektron doska, televizor, yuqori tezlikdagi internet tarmog’i, printer bilan ta’minlash zarur. Bu o’z o’zidan o’quvchilarni darslarga qiziqishini ortishda, mustaqil fikrlashga, faol bo’lishga undaydi.

  2. Chet tili faniga doir darslik va chet el adabiyotlari bilan ta’minlash chora tadbirlarini amalga oshirish. Ma’lumki chet tilini biron bir qo’llanma bo’lmasdan sifatli o’rganish qiyin masala hisoblanadi. Shu sababli yetarli adabiyotlar bilan ta’lim muassasalari ta’minlansa, o’qitish jarayonida unumli foydalaniladi.

Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo`llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi rivojlanadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol subyektlariga aylantiradi. Yuqoridagi izohlar zamonaviy interaktiv metod deb yuritiladi. Bundan tashqari bu metodning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchining birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumki har bir dars mavzusini o’rganishda o’ziga xos texnologiya, usul, vositalarni tanlashga to’g’ri keladi. O’qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonini oldindan ketma-ketligini mo’ljallash kerak bo’ladi. Bunda o’qituvchi predmetning o’ziga xos tomonlarini, o’quv jarayonini va sharoitini, o’quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatini, bilim saviyasini, sharoitiga qarab tanlashi lozim bo’ladi.

Bilamizki, hozirgi kunda ingliz tili o’rganishning oziga xos darajalari mavjud. Ular A1 (1-4-sinfgacha), A2 (5-9-sinfgacha), A2+(tilga ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari), B1 (o’rta maxsus ta’lim bitiruvchilari), B1+(tilga ixtisoslashgan akademik litsey bitiruvchilari), B2 (oliy ta’lim nofilologlar), C1 (oliy ta’lim filologlar) hisoblanadi. Aytib o’tishimiz joizki, Urganch “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilingan 80% o’quvchilar A2 darajasiga javob berolmaydi. Shu sababli, dars jarayonida bir necha muammolarga duch kelamiz. Ya’ni, ba’zi o’quvchilar maktabda chet tili sifatida nemis, fransuz, ispan tillari o’rganganligi sababli ingliz tilida hattoki A1 darajasiga ham javob berolmaydi. 9 yillik ta’limni qanday qilib 2 yilda to’ldirishimiz mumkin degan dolzarb masalaga e’tiborimizni qaratishimiz kerak deb o’ylayman. Bu muammoning yechimi sifatida “Temurbeklar maktabi” kirish imtihonlarida chet tili sifatida nemis, fransuz emas balki, faqat ingliz tilidan test olinishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.




Download 5,41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING DOLZARB MASALALARI

Download 5,41 Mb.