O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDA GURUHLARGA BO‘LINIB ISHLASHNING AFZALLIKLARI




Download 5,41 Mb.
bet4/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDA GURUHLARGA BO‘LINIB ISHLASHNING AFZALLIKLARI

To‘xtabaeyva M.– O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” matematika fani bosh o‘qituvchisi

Vatanimiz yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vataniga xizmat qilishiga sodiq yoshlarini tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tamonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalashda guruhlarga bo‘lib ishlashning dolzarbligi haqida fikr yuritamiz.



Guruhlarda ishlash – harbiy ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil qilishning shunday shakliki, u harbiy o‘quv guruhlarini, ma’lum bir vazifani hamkorlikda bajarish uchun, vaqtinchalik mikro guruhlarga ajratishni talab qiladi. Harbiy ta’lim oluvchilarga qo‘yilgan vazifa mazmunini,uni yechish yo‘llarini va usullarini belgilashni muhokama qilish taklif qilinadi. Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali ularni amalga oshirish, bajarilgan ishlarni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib, so‘ngra taqdim etish so‘raladi. Guruhlarga bo‘lib ishlash, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, dolzarb pedagogik innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali, psixologik va ijtimoiy maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.

Eng avvalo, ta’limning guruhli shakli “ta’lim beruvchi - ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – guruh-ta’lim oluvchi” ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. Harbiy o‘quv guruhi tarkibi bo‘yicha harakatchan kichik harbiy guruhlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘zicha o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustahkam kontakt o‘rnatiladi. Shaxsiy va bir vaqtning o‘zida ta’limda harbiy jamoaviy ruhiy holat kuchayadi. Harbiylarning hamkorlikdagi harakatini tashkillashtiradi, bu esa o‘quv-bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga ko‘maklashadi:

– vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, harbiylarda, o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo‘ladi;

– ta’lim oluvchi harbiylar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarini aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa, ular bir-birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;

– guruhlarda ishlash paytida, zaruriyati bo‘lganda, ta’lim oluvchi harbiylar yordam berishlarini so‘raydilar va boshqalarga yordam berishni o‘rganadilar. Har bir ta’lim oluvchi harbiyning potensial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga oshirilishi ta’minlanadi:

– qobiliyatli va iqtidorli harbiylar, ularni “maqtanganlik” larida ayblashlaridan cho‘chimasdan o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatishlari mumkin. Ular, guruhda nafaqat ta’lim beruvchi rolida bo‘lishlari, balki ta’lim oluvchi rolida ham bo‘lishlari mumkin va ta’lim beruvchi rolidagi o‘z o‘rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib bo‘lmasdan ulardan o‘rganishi mumkin;

– o‘rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo‘yicha passiv harbiylar o‘z bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar. Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya’ni noto‘g‘ri javob berganda butun jamoa oldida izza bo‘lishdan , qo‘rqishdan xoli bo‘ladi. Guruh a’zolari, javobni do‘stona baholab, ularda o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish imkonini beradilar. 4-5 kishidan iborat guruhda, passiv harbiy 25 kishilik guruh oldida o‘zini tutishga nisbatan, o‘zini ancha erkin his etadi.



Ta’limning ushbu shakli, ta’lim oluvchilar bilimini o‘zaro hamkorlikda boyishini ta’minlaydi: faqatgina kooperatsiya va harakatlar (bilish) usullari bilan o‘zaro almashish, umumiy mahsulot olish, muammoni yechish imkonini beradi. Shuning uchun, guruhda ta’lim berishda, biz, jamoaviy muhokama qilishdan, o‘zaro konsultatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz. Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi, «men va ular»dan “biz”ga o‘tishni ta’minlaydi va o‘zini guruhning bir bo‘lagi sifatida his qilish imkonini beradi. Bu esa harbiylarning bir maqsad yo‘lida birlashishini shakllantiradi .

Ta’lim oluvchi yosh harbiylarning yetakchilik faoliyati-samimiy shaxsiy muloqot esa 6-8 kishilik harbiy guruhlar orqali amalga oshiriladi. Yosh harbiylarning yetakchi motivi tengdoshlari muhitida o‘zligini ifoda etish hisoblanadi. Buni faqat guruhda qilish mumkin.Tashqi nazorat ostida his etishni dolzarblashtiruvchi frontal usullardan «ichki erkinlik»ni his qilishni chaqiruvchi guruhli usullarga o‘tish harbiylarda ichki motivatsiyani paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.Taniqli psixologlar va pedagoglarning kooperativ hamkorlik to‘g‘risidagi fikrlari quyidagichadir:

Harbiylar ta’lim jarayonida bir-biri bilan hamkorlik qilishini uchta asosiy usuli mavjud.Ular kim “ilg‘orligini” bilish uchun musobaqa o‘ynashi mumkin. Ular maqsadga erishish uchun boshqa harbiy o‘quvchilarga e’tibor bermagan holda individual ishlashlari mumkin. Yana ular bir-birini o‘qitishga qonuniy ravishda qiziqish bilan hamkorlikda ishlashlari mumkin. Lekin hamkorlik birinchi darajaga chiqqan paytda kooperativ motivatsiya raqobatchisiga nisbatan ta’lim jarayonida ancha samaralidir.


Download 5,41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDA GURUHLARGA BO‘LINIB ISHLASHNING AFZALLIKLARI

Download 5,41 Mb.