O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDAGI PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING DOLZARB MASALALARI




Download 5.41 Mb.
bet6/151
Sana01.04.2021
Hajmi5.41 Mb.
#13872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDAGI PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING DOLZARB MASALALARI
Tashkulov A. –O‘zR IIV 2-son Toshkent akademik litsey O‘quv bo‘limi boshlig‘i
Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash jarayonlari uzluksiz ta’lim tizimiga bevosita ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida zamonaviy ta’lim muhitining muhim tavsifi hamda shaxs imkoniyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishining sharti sifatida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor qaratgan holda takomillashtirish uning tarkibiy qismlari funksional muammolari yechimini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo o‘rta maxsus harbiy ta’lim tizimida amalga oshirish zarur. Biroq, ta’lim va tarbiya amaliyotida o‘quvchilar mustaqil qobiliyatlarini rivojlantirish ta’limiy texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada funksional yondashuv ustunlik qilmoqda. Ba’zi pedagoglar o‘quv-ijodiy faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e’tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o‘quvchining mustaqil fikrlash faoliyatini tashkillashtirishga asosiy e’tiborni qaratmoqdalar. Bunda mustaqil fikrlash qobiliyatlarining tarkibiy qismlari nomutanosib rivojlantirilishi natijasida yetishib chiqayotgan mutaxassislarda kasbiy faoliyatiga barqaror qiziqishni shakllantirishga, uning kasbiy yo‘naltirilganligini ta’minlashga erishish dolzarblik kasb etmoqda.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlaridata’lim sifatini oshirish uchun pedagogik innovatsion texnologiyalarni qo‘llash shaxsning rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida qaralib, unda o‘quv jarayonining faqat bilish emas, balki o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy talqin qilishni nazarda tutuvchi rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan bo‘lishini nazarda tutmoqda.

Respublikamizda o‘rta maxsus harbiy ta’lim tizimini ishlab chiqishda milliy ta’lim modeli ilmiy yondashuvining o‘ziga xos xususiyati shundaki, harbiy ta’lim tizimi bilan birgalikda harbiy tarbiyani ham o‘quvchilarga singdirishga qaratiladi.

Fikrimizga ko‘ra, o‘quvchining mustaqil–o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotdagi dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, olingan natijalarni to‘g‘ri baholab, tahlil qilishi, avvalgi egallanganlari bilan umumlashtira olishidir.

Mustaqil faoliyatni o‘qituvchi va o‘quvchilarning bu jarayonga psixologik jihatdan yetarlicha tayyor emasliklari murakkablashtiradi. Muntazam ravishda muayyan metod, shakl, vositalarga tayanib qolish – yangi vaziyatlarga moslasha olmaslik, kutilmagan vaziyatlarda ish yurita olmaslikka olib keladi. Bu psixologik holat sifatida turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin.

Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari tahlili mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda yuqorida ko‘rsatilgan tasniflar va tamoyillar orqali mantiqiy operatsiyalar shakllanadigan va rivojlanadigan mustaqil fikrlash masalalari hamda o‘quv topshiriqlari tizimi zarurligini ko‘rsatdi. O‘quvchilar mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash lozim. Mustaqil fikrlash faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnologik asosda rivojlantirish o‘rta maxsus harbiy ta’lim tizimida yangi malakaga ega kasbiy ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi.

Mustaqil O‘zbekistonda bu borada tegishli qonun va farmonlar chiqarilgan, islohotlar o‘tkazilmoqda, muammoning nazariy asoslari yaratilmoqda. Ammo, ular amaliy hayotda bir-birlari bilan uzviylikda uyg‘unlashmasa, kutgan natijaga erishish og‘ir kechadi.

Ta’lim-tarbiya tizimida ularga zaruriy ozuqa beruvchi ilm-fan yo‘nalishlari borki, ular birinchi navbatda ona-Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. O‘rta maxsus harbiy ta’lim tizimida pedagog-o‘qituvchilar orasida loqaydlik, beparvolik, darsga ilg‘or pedagogik innovatsion texnologiyalarni qo‘llamasdan darslarga kirish o‘quvchilarning sifatli bilim olishiga to‘sqinlik qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiSh.M.Mirziyoyevning “Yana bir muammoni hal etish o‘ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur”.1 - deb aytgan fikrlari ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida katta e’tibor berib kelinmoqda. Hozirgi kunda o‘rta maxsus harbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi har qanday davlatni zamon talablariga hamohang ravishda innovatsion rivojlanishida hal qiluvchi va muhim omilga aylanganligi hammaga ma’lum.

Shu ma’noda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilm-fani, texnikasi va innovatsion texnologiyalarning so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim-tarbiya tizimini, shuningdek, milliy pedagogika va innovatsion pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodik asoslarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish zaruriyati milliy ta’lim tizimini isloh qilish, uning salohiyatini jahon miqyosiga olib chiqish, ta’lim bozorini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash kerak, deb o‘ylayman”.



Download 5.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Download 5.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDAGI PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING DOLZARB MASALALARI

Download 5.41 Mb.