PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNI TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLASH




Download 5,41 Mb.
bet8/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNI TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLASHning ahamiyati
Sultonov S. S.– O‘zR FVV YOXI
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda ko‘zlangan natijalarga erishishga bo‘lgan pedagogikaning yo‘nalishi (M. Klarin, 1989).

“Pedagogik texnologiya” atamasi – bu inglizcha “an educational technology” – ta’lim texnologiyasi iborasining tarjimasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan.

Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.

1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir (izohli lug‘at).

2. Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini amalga oshirishning texnikasidir (V.P. Bespalko).

3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).

4. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).

Bugungi kunda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda zamonaviy axborot texnologiyalari keng imkoniyatlar yaratmoqda. Innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy uslublar ta’limning sifat va samaradorligini oshirib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to‘g‘ri tashkil etilganligiga bog‘liqdir.

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi kuchli va izchil siyosat, bir tomondan, jahon ta’lim standartlarining yuksak darajasiga erishishga qaratilgan, ikkinchi tomondan esa xalqimizning ma’naviy-madaniy qadriyatlari va o‘ziga xosligini hisobga oladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’lim sohalarini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish belgilangan.

O‘z navbatida, 2019-yilning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki beradi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalaniladi.

Interaktiv metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlashdan iborat bo‘lib, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.

O‘qituvchi va o‘quvchining maqsadi bo‘yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liq.

Bundan tashqari, o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitini, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kutilgan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak.

O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

O‘qitish jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni sezish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedagogga o‘zi tanlangan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.

Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Zamonaviy metodlar, o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassislarga kerakli bo‘lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Bunday o‘qitish usullarini tashkil etish uchun pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi inobatga olinishi lozim.

Pedagogning innovatsion faoliyati – bu o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirishdir. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.

Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim jarayonida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash, muammoni hal etish usullarini shakllantirish, unga doir qaror qabul qilish hamda tanlab olingan qarorni amalga oshirish va uni baholash imkonini yaratib, tizimning alohida tarkibiy qismlaridagina emas, yaxlitlikda butun jarayonga doir muammolarni samarali hal etish imkonini beradi.

Yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Kelajakda ta’lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch sifatida innovatsion ta’lim o‘qituvchi faoliyatini yangilash, ta’lim-tarbiya jarayonini maqbul jihatdan qurishga, o‘quvchi yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNI TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLASH

Download 5,41 Mb.