HARBIY TA’LIM TIZIMIDA MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISHNING NOAN’ANAVIY YO‘LLARI




Download 5,41 Mb.
bet16/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151
HARBIY TA’LIM TIZIMIDA MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISHNING NOAN’ANAVIY YO‘LLARI
Valiyeva X.A. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Hozirgi kunda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir pedagogdan o‘z ishiga ijodiy yondashishni talab qilmoqda. Ta’lim amaliyotini noan’anaviy tarzda tashkillashtirish kutilgan natijalarni bermoqda. Noan’anaviylik o‘z navbatida fanni o‘qitishning uslubiy-tarbiyaviy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganishga, darslarda uni tatbiq qilishga undaydi. Ta’lim sifati o‘qituvchining nechog‘li ko‘p yangiliklarga ega bo‘lishi va uni o‘quvchilarga yetkaza bilishiga bevosita bog‘liq. Bu esa o‘qituvchidan zamonaviy dars usullarini mukammal bilishni talab qiladi. Har bir dars jarayoni qiziqarli, dolzarb, o‘quvchiga mustaqil fikrlash imkonini berishi kerak. Shundagina darsning samaradorligi ortib, muammolar o‘z yechimini topadi.

Har qanday ta’lim jarayonida tilning uslublari haqidagi bilimlarni chetlab o‘tish mumkin emas. Tilni o‘zlashtirishda uning qurilishini bilish shart, bu boradagi bilimlar esa asoslidir. Tildan qanday foydalanish, ularni nutqda bevosita qanday qo‘llash malakasi shakllanmagan bo‘lsa, tilni bilishni tugal deyish mushkul.1

Ma’lumki, insondagi ezgu sifatlar jamoaga qo‘shilib faoliyatga kirishganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Hayotda bo‘lgani kabi o‘qish davrida ham birgalikda qilingan faoliyat ko‘proq samara berishi juda qadim zamonlardayoq ma’lum bo‘lgan. Harbiy oliygohlarda guruh qilib o‘qitish tajribasi ham bejiz paydo bo‘lgan emas. Bu o‘z navbatida ularga nafaqat chuqur bilim berish, balki dars jarayonini sermazmun va qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Guruhiy o‘qitish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, muayyan qoidalarga amal qilishni taqozo etadi, jumladan guruhlarda ishlashning qoidalari quyidagilardan iborat:


  • mashg‘ulot davomida har bir bilim oluvchi o‘z fikrini bildirish imkoniga ega. Bunda o‘tilgan mavzu asosida savol-javoblar, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar keltirish;

  • har bir o‘quvchi boshqa o‘quvchining qarashlarini, fikrini hurmat qilgan holda uni bo‘lmasligi kerak. Bu tarbiyaning yana bir ko‘rinishi bo‘lib, o‘zaro hurmat, boshqaning fikrini eshita olish ko‘nikmasini hosil qilish;

- fikr-mulohazalarni muhokama qilish;

- yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ishtirokchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda o‘z yechimlarini topishdan iborat.

Guruhlarni mavzuga jalb qila olish, darsni qiziqarli, unumli o‘tishini ta’minlash asosiy vazifalardan biridir. Masalan: ma’lum bir mavzu asosida ta’lim oluvchilarning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatiga oid mavzularda bahs-munozara mashg‘ulotini o‘tkazamiz. Bunda ta’lim oluvchi mavzuga oid yangi materiallar, ma’lumotlar to‘plab, o‘z fikr mulohazalarini taqdim etishga harakat qiladi.

Hozirgi kunga kelib amaliy mashg‘ulotlari - o‘quv fanlarining asosiy, eng murakkab mavzulari yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda, ma’ruzalar hamda mustaqil ta’lim jarayonida olgan bilimlarini tekshirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, ta’lim oluvchilarga mavzuni og‘zaki bayon qilish, bahs olib borish ko‘nikmalarini berishni maqsad qilib qo‘yadi va mana shu maqsadga erishish yo‘llarini belgilab beradi. Qo‘yilgan maqsad nimalardan iborat?



Biz mashg‘ulotini o‘tishdan avval oldimizga ma’lum bir maqsadni qo‘yamiz Birinchi maqsad – darsni tashkillashtirish, mashg‘ulot mavzusini o‘qituvchining o‘zi mukammal bilishi;

Ikkinchi maqsad – mashg‘ulot uchun kerak bo‘ladigan tarqatma materiallardan unumli foydalanish va bu orqali ta’lim oluvchining dunyoqarashini kengaytirish, yangi innovatsion usullarni qo‘llash;

Uchinchi maqsad – darsning tarbiyaviy ahamiyatiga katta e’tibor berish ya’ni, mavzu vatanparvarlik ruhini shakillantira oladimi?1.

Dars mashg‘ulotlarida aqliy hujum metodi yaxshi natija berishi bir necha bor isbotlangan. Bu usul eng samarali usullardan biri sanaladi. Aqliy hujum usulining asosiy vazifasi, berilgan savollarga javob variantlarini ko‘paytirish, hamda har bir ta’lim oluvchiga o‘z fikrini aytish imkonini berishdir.

Yana bir metod “Venn” diagrammasi ham juda yaxshi natijalar bermoqda.Ushbu metod orqali mavzularni yanada kengroq o‘rganish, uni boshqa mavzular bilan qiyoslash, bilim oluvchining fikrini bilish imkonini yaratadi.

Misol tariqasida kursantlar bilan 1-kursda o‘tilgan “O‘zbekiston” mavzusi bilan 2-kursda o‘tilayotgan “Rossiya” mavzularini qiyoslab ko‘ramiz. Davlatlarning o‘ziga xosligi, tabiati, geografik joylashuvi, tili, urf-odatlari bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin ularning o‘xshashlik tomonlari ham bor.

Mashg‘ulotlar ta’lim oluvchilarda nafaqat o‘z fikrlarini himoya qila olish, balki mavzuning tarbiyaviy ahamiyatini chuqur anglash ko‘nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda, bir-biriga hurmat, hammaning fikrini tinglay bilish, oldindan xulosa chiqarmaslik, qo‘llab-quvvatlash kabi elementlar asos bo‘la oladi.

Agarda mavzuni keng va to‘liq yoritmoqchi bo‘lsak, albatta mutaxassis yordamidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi va mutaxassis hamkorligi, darslarini yanada qiziqarli, samarali o‘tishiga imkon yaratadi.

Ta’lim oluvchilarni bilimlarini baholash ham dars jarayonining muhim omillaridan biridir. Chunki, baholash jarayonida biz ularni yanada samarali ishlashga, intilishga undaymiz.Baho-– bu bilimni taqdirlash, demak, yaxshi baho olgan kursant uchun o‘z ustida yana ham ko‘proq ishlash, ko‘proq bilim olishga sharoit tug‘diradi. Baholashda quyidagi mezonlarga amal qilish maqsadlidir:

- baholar adolatli va haqqoniy bo‘lishi;

- darsdagi hech bir jarayon o‘qituvchi nazaridan chetlab qolmasligi;

- qo‘yilgan baho kursantni rag‘batlantiribgina qolmay, balki yanada faolroq bo‘lishga undashi.

Har bir sohada, ayniqsa harbiy sohada tezkor, to‘g‘ri qaror qabul qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki hozirgi zamon talabi, harbiylarimizda chaqqonlik, epchillik, tezkorlik, mustaqil qaror chiqara olish kabi ko‘nikmalarni hosil qiladi. Bu xususiyatlarga ega bo‘lish uchun esa chuqur bilim va ko‘nikma, tartib va intizom, harbiy nizom talablariga amal qilish talab etiladi.

Demakki, nafaqat o‘qituvchi, balki kursant, dars jarayonini qiziqarli,

tushunarli bo‘lishi uchun mas’ul. Kursantni fanga qiziqtira bilish avvalo pedagogning birlamchi vazifasidir. Agarda u o‘z kursantini qalbiga, psixologiyasiga yo‘l topa olsa, demak, marra uniki, demak, dars qiziqarli, unumli, yuqori saviyada o‘tadi. Qiyinchiliklardan qo‘rqmang – shundagina sizga baxt kulib boqadi!1.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, ta’limini zamon talablari darajasida tashkil etishda zamonaviy, noan’anaviy usullardan foydalanish, ta’lim jarayonidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish, tinglovchi-kursantlar ongiga ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy merosimizni singdirish, kursantlarga muntazam ravishda jonli nutq va muloqotni o‘rgatib borish, o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarni doimo faollashtirib borish dars samaradorligini oshiradi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HARBIY TA’LIM TIZIMIDA MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISHNING NOAN’ANAVIY YO‘LLARI

Download 5,41 Mb.