O‘QUV JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH




Download 5,41 Mb.
bet17/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   151
O‘QUV JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Karimov I. M. – O‘zR IIV 1-son Toshkent akademik litsey bosh o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Respublikamizda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan qator farmon va qarorlar ta’lim tizimining barcha jabhalarini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatlarda ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari belgilab berilgangan bo‘lib, jumladan o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning jahondagi ilg‘or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar
va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish kabi vazifalar nazarda tutilgan.

Zamon talabiga mos fikr yurituvchi, yetuk va barkamol shaxsni tarbiyalash ta’limda yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda shaxs ongi va tafakkurida yangicha g‘oya, tasavvurlarni shakllanishiga imkon beruvchi zamonaviy faol usullardan foydalanishni talab etadi.

O‘quv muassasalari, jumladan 1-son Toshkent akademik litseyi ta’lim tizimi uchun mo‘ljallangan zamonaviy elektron uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Natijada, o‘qituvchi va o‘quvchilar multimedia komplekslari, interfaol proektorlar, videoaloqa tizimlari, elektron, interaktiv darsliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Har bir o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv materialini eslab qolish, tahlil qilish, amalda qo‘llash yoki bajarish qobiliyatlarini shakllantirishda ma’lum mezonlarga e’tibor qaratishi kerak. Jumladan, mavzuni o‘qishda o‘quvchi o‘qiganining 10 foizini eslab qoladi va aniqlash, sanab berish, ta’riflash, tushuntirib berish kabi qobiliyatlarga ega bo‘ladi. Real harakatni bajarish, real faoliyat imitatsiyasi va sahnalashtirilgan chiqishlar natijasida o‘quvchi 90 foiz ko‘rgan harakatlari yuzasidan, bajargani, ko‘rgani yoki gapirganini eslab qoladi,natijada tahlil qilish, yaratish, baholash kabi layoqatlarga ega bo‘ladi.

O‘qituvchi o‘quv jarayoniga interfaol ta’limni qo‘llagandao‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat va boshqarish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol o‘qitishda taqdimot filmlari yaratish imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy vositalar mavjud. Bunday dasturlar bir-biridan ma’lum jihatlar bilan farqlanadi, jumladan: foydalanuvchi uchun qulay muloqot interfeysining mavjudligi; kompyuterga qo‘yadigan talablar;ko‘p vazifaliligi, ya’ni dastur doirasida taqdimot filmlaridan tashqari test sinovlarini o‘tkazish, interfaol o‘qitish dasturlarini yarata olishi kabi jihatlarni ko‘rsatish mumkin.

Birinchi son Toshkent akademik litseyida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda yuqoridagi imkoniyatlarni o‘zida jamlagan uv Screen Camera, Adobe Captivate, Net Op School kabi dasturlardan o‘quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.

Uv Screen Camera dasturi – ekranda amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni: kursor va sichqoncha harakatlarini va ovozni yozib olish va saqlash imkoniyatiga ega, natija juda kam hajm egallaydigan .uvf va .exe formatli fayllarda saqlanadi.

Ta’lim oluvchilarning bilim darajasi kompyuterli test asosida aniqlash eng qulay usullardan hisoblanib, filmlar orqali o‘quv materialini tasvirlashning boy imkoniyatlari ta’lim mazmunining cheksiz boyitish va o‘zgartirishga imkon yaratadi. Interfaol dasturiy vositalardan foydalanish eng samarali ta’lim berish uslublaridan biridir. Ushbu ta’lim vositalarini barchasini bitta formatda va yagona kompleks ssenariyga mujassam eta oladigan dasturlardan bir Adobe Captivate dasturi hisoblanadi. Mazkur dasturdan o‘qitilayotgan fanning mavzularini o‘quvchilarga interfaol usulda yetkazish va uni o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirganliklarini aniqlash uchun bir nechta o‘rgatuvchi dasturlar yaratilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda.

O‘quv jarayonida kompyuterdan foydalanuvchi o‘qituvchilar
va instruktorlar uchun mo‘ljallangan Net Op School dasturi mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, shuningdek, bilimlarni test usulida baholash bo‘yicha kuchli uskunalarga ega. Uning yordamida o‘qituvchi kompyuteri ekranidagi jarayonlarni o‘quvchilarning kompyuterlarida namoyish qilish, o‘quvchilar ishlayotgan vaqtda ularning faoliyatini kuzatib borish, zarur bo‘lganda yordam berish, dastur va veb-saytlardan foydalanishlarini nazorat qilish, hujjatlarni taqsimlash va ularni jamlash, test tuzish va bilimlarni baholash mumkin. Net Op School dasturi o‘qituvchiga ushbu imkoniyatlarni yaratib berishda qulay va tushunarli interfeysga ega. Informatika va axborot texnologiyalari fanining har bir amaliy mashg‘ulotida mavzuning mazmun mohiyati va qo‘yilgan talablar o‘quvchilarga mazkur dasturni qo‘llagan holda yetkazilmoqda. O‘quvchilarning berilgan topshiriqlarni bajarishlari o‘qituvchi ekrani orqali to‘liq nazorat qilinadi, zaruriyat tug‘ilganda yordam ko‘rsatiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan matnli muzokara moduli (chat) orqali muloqot qilishi mumkin. Bu esa o‘qituvchiga har bir o‘quvchiga berilgan topshiriqni bajarishida individual yondashish imkoniyatini yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishda interfaol usullardan foydalanishni amalga oshiruvchi dasturiy vositalaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.




Download 5,41 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘QUV JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DASTURIY VOSITALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH

Download 5,41 Mb.