• Файл”
  • Применить к выделенным слайдам”
  • Анимация”
  • Дополнительные эффекты входа”
  • KO‘RGAZMALI DARSLARNI TASHKIL QILISHDA POWER POINT DASTURIDAN FOYDALANIB TAQDIMOTLAR YARATISH




    Download 5,41 Mb.
    bet25/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151
    KO‘RGAZMALI DARSLARNI TASHKIL QILISHDA POWER POINT DASTURIDAN FOYDALANIB TAQDIMOTLAR YARATISH
    Xusanov A.A. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” informatika va axborot texnologiyasi fani o‘qituvchisi
    Yangi axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz, ushbu davrda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘lami tobora ortib bormoqda. Respublikamizdagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi yoshlarimiz yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega bo‘lish bilan birga axborot texnologiyalarini mukammal bilishlari, undan unumli foyqdalana olishlari zarur.

    Mazkur tadqiqotimizda axborot texnologiyalari vositasida taqdimot va namoyishlar yaratish uchun mo‘ljallangan va hozirda keng tarqalgan Microsoft Power Point 2010 dasturida taqdimotlar yaratish va tayyorlashning “Ko‘rgazmali lavhalar” metodi yordamida, ko‘plab didaktik manbalar namoyishi vositasida o‘qitish jarayonini havola etamiz.



    Buning uchun avvalo kompyuterda Power Point 2010 dasturini ishga tushiramiz. Dastur oynasi ekranda ko’ringanda “Файл” bo‘limidan “Создать” buyrug‘i tanlanadi:

    Bunda bizga turli mavzuga yo‘naltirilgan taqdimot variantlari taqdim etiladi. Keraklisini tanlab “Создать” tugmasini bosish lozim yoki shunchaki bo‘sh slayd hosil qilish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasini bosish yetarli. Bo‘sh varaq hosil qilinganda ekranda “Taqdimot” sarlavhasini kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘sh slayd ko‘rinishi hosil bo‘ladi.

    Slaydga biz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi. Slaydga diskda saqlangan rasmni tushurish uchun “Проводник” yordamida rasmni tanlab Ctrl+C yordamida xotiraga olamiz va Power Pointni joriylashtirib Ctrl+V tugmalari yordamida qo‘yish va slaydning kerakli joyiga joylash mumkin.

    Slaydning dizaynini tanlash uchun “Дизайн” bo‘limidan foydalanish mumkin.



    Bunda bizga bir necha turdagi tayyor dizayn shablonlari taqdim etiladi.Keraklisini tanlashimiz bilan ekrandagi barcha slaydlar biz tanlagan dizayn holatiga o‘tadi (bekor qilish uchun Ctrl+Z bosiladi).Alohida varaqni shu dizaynga o‘tkazish uchun tanlanayotgan dizayn ustida sichqonchaning chap tugmasini emas, o‘ng tugmasini bosib kontekst menyudan “Применить к выделенным слайдам” buyrug‘i tanlanadi.

    Slaydimizga yangi bo‘sh varaq qo‘shish uchun klaviaturadan Ctrl+M yoki “Главная” bo‘limidan “Создать слайд” tanlanadi.



    Hujjatga kerakli matn, rasm yoki roliklar kiritildi va kerakli dizayn asosida bezaldi deb hisoblaylik. Endi matn yoki rasmning ekranga chiqish effektini, ya’ni animatsion effektlarni ko’rib chiqamiz. Buning uchun kerakli ob’yektni tanlab “Анимация” bo‘limidan bizga taklif qilinayotgan effektlardan ixtiyoriysini “Стиланимации” maydonida tanlaymiz. Effekt o‘rnatilganda obyektning chap yuqori qismida raqamlangan belgi hosil bo‘ladi. O‘zgartirish uchun boshqasini tanlash mumkin.

    Agar bizni taklif qilinayotgan effektlar qoniqtirmasa, aytaylik chiqish effekti, unda “Дополнительные эффекты входа” buyrug‘ini tanlab barcha effektlar ro‘yxatidan tanlashimiz mumkin.

    Keraklisini tanlab “OK” tugmachasi bosiladi.

    Effektni sozlash “Параметры эффектов” maydonida bajariladi.

    Tanlangan effektga yana effekt qo‘shish (masalan, ekrandan chiqib ketish effekti) “Добавить анимаций” maydonida bajariladi.

    Barcha varaqlarda kerakli animatsiyalar kiritildi deb hisoblaylik. Endi bir varaqdan keyingisiga o‘tish animatsiyasini tanlashni ko‘rib chiqaylik. Buning uchun “Переходы” bo‘limidan foydalanamiz.



    O‘tishlar effekti ro‘yxatidan keraklisini tanlashimiz bilan slayd shu o‘tish effektiga ega bo‘lib qoladi. Shu bo‘limdagi boshqa buyruqlar yordamida o‘tish effektini sozlash mumkin.

    O‘zgartirilgan hujjatni Shift+F12 yoki Ctrl+S yordamida saqlab borishni unutmang.



    Download 5,41 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151




    Download 5,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KO‘RGAZMALI DARSLARNI TASHKIL QILISHDA POWER POINT DASTURIDAN FOYDALANIB TAQDIMOTLAR YARATISH

    Download 5,41 Mb.