• “Keys metodi”
  • Temurbeklar maktabi




    Download 5,41 Mb.
    bet21/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
    Boybotirov I.Q. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” matematika fani o‘qituvchisi
    Bugungi kun dunyosi o‘ta murakkablashgan, haddan ziyod axborotlashgan hamda fikriy ziddiyat va qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgan hayotiy tarzga egadir. Mazkur globallashuv holatida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ulardagi mavjud iqtidor va kreativ xususiyatlarni bilim olishga yo‘naltirish, har qanday ilmiy taraqqiyotning asosi bo‘lgan fundamental bilimlarni o‘zlashtirishga jalb qilish o‘qituvchidan cheksiz sabr, kuchli bilim va yuksak pedagogik hamda psixologik mahorat talab qiladi.

    Respublikamizda mavjud “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlarimizni oliy ta’limga yo‘naltirish asosiy maqsadlarimizdan biri ekan, bu sohada ba’zi harbiy akademik litseylarimizda chuqurlashtirilgan aniq fanlarni o‘qitish alohida ahamiyat kasb etadi.

    Matematika fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari sifatida quyidagi usullarni sanab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lar edi: ilmiy izlanish metodlari - kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash kabilar; o‘qitish metodlari - izohli-ko‘rgazmali, namoyish, kitob bilan ishlash, reproduktiv, evristik (o‘quv kashfiyoti), muammoli vaziyat, tadqiqot, loyihalar metodi, muayyan yoki muammoli vaziyatlarni o‘rganish - keys-stadi, ma’ruza, hikoya, og‘zaki yo‘l-yo‘riq berish, tushuntirish, suhbat, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi kabilar; xulosa chiqarish metodlari - induksiya, deduksiya va analitik, chala induksiya, to‘la induksiya va matematik induksiya kabilar.

    “Keys-stadi” - inglizcha so‘z bo‘lib, (“case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga, maqsad sari intilishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keys metodida ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisalardan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin.

    Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi. Quyida “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz:



    Download 5,41 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




    Download 5,41 Mb.