TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH




Download 5,41 Mb.
bet18/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   151
TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Kadirov F. – O‘zR IIV 1-son Toshkent akademik litsey bosh o‘qituvchisi, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Jamiyatimizning hozirgi kundagi taraqqiyotini axborot – kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuterlashtirish, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatimiz taraqqiyotining muhim omili sifatida ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun Respublikamiz hukumati bu sohani rivojlantirishga, takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Axborot - kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot - kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi”1. – deb ta’kidlagan edi birinchi Prezident I.Karimov.

Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan ushbu sohaga doir qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar respublikamizning axborot – kommunikatsiya tizimlarining yuksak rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi yo‘lida olib borilgan sa’y-harakatlardan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11- dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-iyundagi PF-5099 - sonli farmoni shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarning qabul qilinishi, avvalo, mazkur sohani rivojlantirishni huquqiy asoslari hisoblansa, qolaversa, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash talabini ham qo‘yadi.

Ma’lumki, bugungi kunimiz axborotlar asridir.Shu munosabat bilan jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan ta’lim sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish, kompyuterlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamisha dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi jamiyatga yetuk mutaxassislar tayyorlashda yangicha, sifatli o‘quv-uslubiy materiallarni yaratish talabini qo‘ymoqda. Ayni kunda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib keldi, bu esa o‘quv-uslubiy materiallarni puxta tayyorlash talabini qo‘yadi hamda o‘quvchilarga o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Yangiliklar o‘quv materiallariga qanchalik ko‘p kiritilsa, zamonaviy kompyuter texnikalaridan samarali foydalanilsa o‘quvchichilarga o‘tilayotan mavzular shunchalik qiziqarli bo‘ladi va xotirasida uzoq saqlanadi.

O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashva uni takomillashtirish respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hamdir. Shu bois o‘quv maskanlarida elektron darsliklar, elektron ma’ruza fondlari, elektron lug‘at, elektron ensiklopediya kabi o‘quv manbalari yaratilishi va ushbu elektron manbalardan o‘quvchilar unumli foydalanishlari, ularning o‘qituvchilar bergan bilimlar bilan chegaralanmay, balki mustaqil bilim olish, darslarda olingan bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi.

O‘quv dargohlarida darslarni multimediya vositalaridan foydalanib va o‘quv xonalaridagi lokal tarmoq orqali tashkil etilishi, o‘quvchilarning mavzuni yaxshi tushunishi, darslarni qiziqarli o‘tkazilishiga olib keladi. Toshkent 1-sonli akademik litseyda Informatika va axborot texnologiyalari fani kafedradagi lokal tarmoqda Netop School dasturidan foydalanib olib borilmoqda va bu o‘z ijobiy natijalarini bermoqda.

Umuman olganda zamonaviy kompyuter texnikalari, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va fanlarga doir yaratilgan elektron o‘quv ishlanmalarni o‘quvchilarning shaxsiy kompyuterlarida bo‘lishi, ularning mustaqil ravishda kompyuter savodxonligini, shuningdek, elektron manbalardan foydalanib, bilim va tajribalarini oshirishga ko‘maklashadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari tasarrufidagi o‘quv maskanlarining ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish ijobiy natijalarning garovidir.




Download 5,41 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Download 5,41 Mb.