FUNKSIYAGRAFIGIMAVZUSINIO’QITISHDAKOMPYUTERGRAFIKASIDANFOYDALANISHNINGAFZALLIKLARI




Download 5,41 Mb.
bet26/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   151
FUNKSIYAGRAFIGIMAVZUSINIO’QITISHDAKOMPYUTERGRAFIKASIDANFOYDALANISHNINGAFZALLIKLARI

Nuriddinova D. S. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” matematika fani bosh o‘qituvchisi

Nuriddinova M. S. – Buxoro viloyati Qorako’l tumani 1-maktab matematika va informatika fani o’qituvchisi


Matematikani an’anaviy o’qitishda o’qituvchiga doska,bo’r yetarli bo’ladi,lekin biz bilamizki,har qanday maktab yoshidagi bolaning diqqat e’tiborini ko’pi bilan 20 daqiqa jalb qilish mumkin.Bu qisqa vaqt ichida o’quvchiga kerakli ma’lumotlarni yetkazish lozim, bu esa har qanday pedagogdan katta mahorat talab qiladi.Matematikaning ba’zi mavzulari uchun,jumladan,funksiya va uning grafiklari mavzusini tushuntirishda an’anaviy vositalarning o’zi kamlik qiladi,bu mavzuni maxsus ko’rgazmali qurollar yordamidan foydalangan holda o’quvchiga yetkazib berish maqsadga muvofiqdir.Biz an’anaviy dars o’tish uslubining yutuqlarini inkor etmagan holda,darsni tashkil qilishda bir xillik prinsipidan biroz chekinmoqchimiz xolos.Ayni shu maqsadda “Graphics” dasturining mavzuga tatbiqini ko’rsatib o’tmoqchimiz.

1-misol:y=(x-3)2+2 funksiya grafigini chizish talab qilingan bo’lsin.

“Graphiks” dasturining menyular satridan “funksiya” bo’limidagi y=a(x-b)2+c ko’rinishida shablonni tanlaymiz,ekranda quyidagi tasvir hosil bo’ladi:



Bu yerda y=x2 funksiya grafigi tasvirlangan bo’lib,a parametrga 1 qiymatni,b parametrga 3,c=2 qiymatlarni tanlasak,grafik quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:



2-misol.Y=sin(x) va y=4sin(x) funksiya grafiklarini chizing.Aniqlanish va qiymatlar sohasi haqida aytib bering.



Ekrandagi bu tasvir ikki funksiyaningo’xshash va farqli tomonlarini yaqqol ko’rsatib beradi.

O’quvchilar funksiya grafiklariga doir nazariy va amaliy ko’nikmalari funksiya hosilasining tatbiqi mavzularida yanada oshiriladi.Funksiyani to’la tekshirish va grafigini yasash mavzularini takrorlash darslarida quyidagi ko’rinishdagi test savollarini namoyish qilish mumkin:

3-misol:Ekranda qaysi funksiyaning grafigi tasvirlangan:



Javoblar: A) y=x3-x B) y=x3-6x2+9 C) y=x2+2x D) y=x4-2x2 E) y=

Shu paytgacha formula ko’rinishida berilgan funksiyaning grafigini yasashni o’rgangan bo’lsa,endilikda ular grafik ko’rinishda berilgan funksiyaning formuladagi ifodasini ko’rsatib bera olishlari kerak bo’ladi.O’quvchilar fikrini tinglagach,”Graphics” dasturi yordamida to’g’ri javobni quyidagicha ko’rsatish mumkin:



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,ushbu dastur imkoniyatlaridan dars jarayonida foydalanish o’quvchilarning mavzuga doir qiziqishlarini oshirishga,tasavvurlarini kengaytirishga,mavzuni yoritib berishda kam vaqt sarflab,ko’proq natijaga erishishga yordam beradi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FUNKSIYAGRAFIGIMAVZUSINIO’QITISHDAKOMPYUTERGRAFIKASIDANFOYDALANISHNINGAFZALLIKLARI

Download 5,41 Mb.