FIZIKA FANINI O’QITISHDA “PHETSIMULATIONS” INNOVATSIONDASTURIDAN FOYDALANISH
Xalilov S.S.– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU assistenti
Xasanova G.R., Boltaboyeva R.I. – O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” yetakchi o’qituvchilari
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.
Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan mutaxassislar davr talabidir.
Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qabul qilingan kontsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga shuningdek Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan,akademik litseylarda fizika fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik va kompyuter texnologiyalarini qo’llash, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini “PHET simulations” dasturidan foydalanib o’tkazish ta’lim sifatini oshiradi. Davlat ta’lim standartlari doirasida fizika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanib, darsni ko`taringki ruhda va mazmunli o’tishini yanada takomillashtirish hozirda dolzarb hisoblanadi.
Fizika fanida zamonaviy dasturiy vositalardan (elektron darslik, o’quv filmi, virtual laboratoriya ishlari) foydalanish dars samaradorligini oshishiga zamin yaratadi. “PHET simulations” dasturidan foydalanib fizik hodisa va qonunlarni modellashtirish, auditoriyada ko’rsatishning iloji bo’lmagan fizik hodisa va jarayonlarni virtual ko’rinishda namoyish etish imkoniyatini beradi.
Misol tariqasida “Moddiy nuqtani ilgarilanma harakat dinamakasi” mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonini ko’rib chiqaylik.
“Moddiy nuqtani ilgarilanma harakat dinamakasi” mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalar samarali foydalana olish quyidagilarni kafolatlaydi:
“Moddiy nuqtani ilgarilanma harakat dinamakasi” mavzusini o’qitishda ma’ruza, seminar mashg’uloti va mustaqil ta’limni tashkil etish samaradorligini oshirish;
“Moddiy nuqtani ilgarilanma harakat dinamikasi” mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijasida o’quvchilarni mustaqil o’quv-bilish jarayoni takomillashtirishga erishiladi.
“Moddiy nuqtani ilgarilanma harakat dinamakasi” mavzusi yuzasidan taqdimot laboratoriya ishi “Moddiy nuqtani ilgarilanma harakat dinamakasi” mavzusiga oid Nyuton qonunlarini tajribada namoyishini ko’rib chiqamiz.
Kerakli jihozlar:Nyutonning uchunchi qonuni akslangan video model, turli xil massali harakatni tashkil etuvchilar, yukli aravacha va arqon.
Ishning maqsadi: Nyuton qonunlarini tajribada “PHET simulations“ dasturidan foydalangan holda qiziqish uyg‘otish, kompyuter programmalari orqali mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va kengaytirish.
Nyutonning ikkinchi qonunini ham ish maydonchamizda tajriba qilib ko’rishimiz mumkin. Uning uchun biz, arqonning ikkala uchiga, kuchlarni bir xil emas, balki har xil qilib joylashtirib olamiz va quyidagi tajribaning guvohi bo’lamiz. Rasmlarda ko’rib turgan tajriba namoyishida harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarning ilgarilanma harakatini kuzatish mumkin. Bunday bo’lishiga sabab vazni og’ir tomondagisi kuchliroq bo’lganligi uchun 50 N kuch bilan o’ng tomonga ilgarilanma harakat qila boshlaydi, bu yerda o’z navbatida Nyutonnig ikkinchi qonuni o’rinli bo’ladi, chunki u ilgarilanma harakat qilmayapti.
Tabiatda butun olam tortishish qonunining mavjudligi va uning fanga kiritilishini juda ko’p misollar orqali ham tushuntirib o`tganmiz.
Isaak Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonuni quyidagicha ta’riflanadi: massalari m1 va m2 va massa markazlari orasidagi masofa r bo’lgan ikki jism orasida o’zaro tortish kuchi mavjud bo’lib, uning kattaligi jismlar massalarining ko’paytmasiga to’g’ri proposional, ularning massa markazlari orasidagi masofaning kvadratiga teskari proposionaldir:
(1)
Bu yerda G - proporsionallik koeffisienti bo’lib, butun olam totishish doimiysi yoki gravitatsion doimiysi deb ataladi. (1) ifodani
(2)
ko’rinishda yozsak, (2) ifodadan G doimiyning birligi 1Nm2 / kg2 ekanligi kelib chiqadi. Agar m1 = m2 = 1 kg va r = 1 m bo’lsa, u holda (2) ifodadan F =G ni hosil qilamiz va gravitatsion doimiysining fizik ma’nosi quyidagicha izohlanadi: birlik massaga ega bo’lgan va bir-biridan birlik masofada turgan jismlar o’rtasida yuzaga keladigan gravitatsion kuchga son jihatdan teng bo’lgan kattalikka gravitatsion ( yoki tortishish ) doimiysi deyiladi. Uning son qiymatini birinchi marta 1798 -yil ingliz olimi Kavendish tomonidan o’lchangan bo’lib uning qiymati ga teng ekanligini aniqladi.
Bu qonunni ham tajribada “PHET simulations” programmasidan foydalanib tushuntirish mumkin.
Demak, innovatsion texnologiyalardan foydalanib fizika laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish eng samarali natijalarni beradi. O’quvchi ko’rish va tushunish orqali amaliy bilimga ega bo’ladi.
|