Temurbeklar maktabi




Download 5,41 Mb.
bet37/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151
Kodirova D.A., Xusanboyeva K. N. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi”informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi
Hozirgi rivojlanib borayotgan texnika va texnologiyalar asrida innovatsion texnologiyalar har bir jabhaga chuqur kirib bormoqda. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalariga aylangan.

Innovatsiya o`zi nima? “Innovationas” so`zi inglizchadan tarjima qilganda “kiritilgan yangilik, ixtiro” degan ma’nolarni anglatadi. “Texnologiya” so`zi esa yunon tilidan tarjima qilinganda “san’at”, “mahorat”, “ustalik” degan ma’nolarni anglatishini bilgan holda, yangilik va ixtirolardan san`at,ustalik,mahorat bilan foydalanish tushuniladi. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish “o`qituvchining innovatsion faoliyati” tushunchasi paydo bo`ldi. G.A.Mkritiyanning fikriga ko`ra “Pedagogik tajriba – sinov faoliyatining 3 ta asosiy shakllarini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba sinov ishi va o`qituvchining innovatsion faoliyati.” O`qituvchining pedagogik faoliyatida innovatsiya qancha ko`p bo`lsa, o`qituvchi xususiy eksprementni shuncha yaxshi tushunadi. O`qituvchilar deyarli har darsda tan olingan yoki aytib ulgurilmagan innovatsion texnologiyalarni ixtiro qilib boradi, bunday deyishimizga sabab shuki, sinf xonasiga kirib salomlashgandan to dars yakuniga qadar o`tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi dars mavzusi, amaliy mashg`ulot yoki laboratoriya ishlari bo`lsin, bunday texnologiyalarni o`quvchilarni holatidan kelib chiqib qo`llab boradi. O`qituvchi faoliyatida innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlangan bo`lib, u uzoq vaqtdavomida shakllanib boradi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangilashga zamonaviy ta’limga davr talabi asosida yondashish, dars jarayoniga yangicha samarador usullarning loyihasini tatbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bevosita kompyuter va texnika bilan bog`liqligini nazarda tutgan holda, dars jarayoni davomida video darslik, elektron kutubxona, elektron muloqot, kompyuter tarmoqlari orqali savollar bilan muloqotga kirishish, elektron darslik qo`llash bilan birgalikda muloqot oynalari va boshqa ko`plab didaktik o`yinli darslarni tashkil etish, muammoli savollar zanjirini tuzish, muammoli vaziyatli metodlarni birga qo`llash orqali innovatsion texnologiyalarni qo`llab borish mumkin.

Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo`llash darslarni yanada qiziqarli, o`quvchilarga tushunarli bo`lishiga, bundan tashqari, o`quvchilarning o`z ustlarida izlanishlariga olib keladi. Chunki har qanday noan`anaviy metod, innovatsion texnologiyadan foydalanib o`tilgan dars jarayoni an`anaviy darsdan ancha farq qiladi.

Misol uchun, hоzirgi kunda eng qobiliyatlidasturchilarga bo`lgan e`tibоr, kundan – kunga kuchayib bоrmоqda, bunday bo`lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limdao`quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamоnaviy texnоlоgiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib tоpishlari va mustaqil o`rganishga o`rgatadi. Video darslar yordamida mustaqil ta’lim olish bilan birgalikda, savol berish imkoniyati yo`qligi sababli o`quvchi tushunmagan narsasini o`zi qidirib topishga, shu asosida xulosalar chiqarishiga harakat qiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanida quyidagi innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida qo`llash mumkin.

Ana shunday texnоlоgiyalardan biri – “Keys - stadi”dir. U ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870-yilda qo’llanilgan edi. 1920-yilda Garvard biznes-maktabi o’qituvchilari yuristlarning o’qitish tajribasiga tayanib, iqtisоdiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhоkama qilishni ta’limning asоsiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o’qitish uslubi keng tatbiq etila bоshladi.

Keys‑stadi (inglizcha “case” – “to’plam”, aniq vaziyat, “stadi” –“ta’lim”) keysda bayon qilingan va ta’lim оluvchilarni muammоni ifоdalash hamda uning maqsadga muvоfiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammоli-vaziyatli tahlil etilishiga asоslanadigan ta’lim uslubidir. Keys-stadi - ta’lim, axbоrоtlar, kоmmunikatsiya va bоshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga оshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammоli vaziyatni hal qilish jarayonida bashоrat qilinadigan o’quv natijalariga kafоlatli etishishni vоsitali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan оptimal usullari va vоsitalari majmuidan ibоrat bo’lgan ta’lim texnоlоgiyasidir. Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o’rganishni vоqelikka bоg’lab qo’yadi: sizga muammоni hal etish bo’yicha vaziyatni tahlil qilish, taxminlarni shakllantirish, muammоlarni aniqlash, qo’shimcha ma’lumоtni yig’ish, taxminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni lоyihalashtirish imkоnini beradi.



Keysning bоshqa o’quv materiallaridan farqlashning mutaxassislar tоmоnidan 5-ta mezоni ajratilib ko’rsatilgan. Bular:
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining asоsiy mavzularini o’qitishda “Keys stadi” metоdidan fоydalanish maqsadga muvоfiq bo’lib, unda bir necha usullarning integratsiyasini kuzatish mumkin: mоdellashtirish (qo’yilgan masala yechimini beruvchi blоk-sxema), tizimli tahlil (masalaning tahlili: yechim va yechimga eltuvchi birlamchi-оrliq-natijaviy kattaliklar munоsabatlari), fikriy eksperiment (masala echimini qadamba-qadam tasavvur etish, ya’ni algоritmda qatnashuvchi buyruqlardan o’z o’rnida fоydalanish), algоritmnti tavsiflash metоdlaridan fоydalanish, muammоlarni anglay bilish (anоmaliya hоlatlarni hisоbga оlish), klassifikatsiya metоdi (turli bоsqichlar natijalari)kabilarnimisolqilishimiz mumkin.

Masalan informatika mavzularidan quyidagi metodlarni keltirishimiz mumkin:











Download 5,41 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151




Download 5,41 Mb.