O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM SOHASIDATALABALAR BILIMINIOBYEKTIV BAHOLASHNING MUAMMOLARI VA UNI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK KVALIMETRIYANING AHAMIYATI
Qobilov N. M. – Nizomi nomidagi TDPU Harbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, zahiradagi podpolkovnik
Mamlakatimizda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev rahnamoligida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga ham mana qariyb 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi, ta’lim sohasida bir necha prezident qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyruq va ko‘rsatmalari hali ham amalda.
Bugungi kunda yangi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta’minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan hamfoydalanish taqozo etiladi.
Hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni bilim va malakalarini obyektiv baholash juda katta ahamiyatga egadir.
Keling, bir tahlil qilib ko‘raylik, hozirda baholash tizimi qanday? Ta’lim muassasalarida biz talabalarni o‘quv semestri davomida o‘sha “joriy”, “oraliq” va “yakuniy” nazoratlar orqali baholaymiz. Albatta, bu nazoratlarda biz standart test topshiriqlaridan ham foydalanamiz. Xo‘sh, bu test topshiriqlari nimadan iborat? Odatda savol va 3-4 ta javob varianti. Talaba ushbu savolni bilsa to‘g‘ri javobni belgilaydi, agar bilmasa “boriga baraka” deb to‘g‘ri kelganini tanlaydi. Natijada biz talabani qaysi qobiliyatini baholaymiz? Tahlil natijalari shuni ko‘rsatyaptiki, biz talabaning faqat bilish qobiliyatiga qarab uni fan bo‘yicha “a’lo” yoki “yaxshi” baholab kelyapmiz. Zero, ularning tushunish, amalda qo‘llash, sintez qilish va xulosa chiqarish kabi qobiliyatlari baholanmay qolyapti.
Keling, bu borada “Pedagogik kvalimetriya” faniga murojaat qilamiz.
Xo‘sh, kvalimetriya o‘zi nima, qanday ma’noni anglatadi?
Kvalimetriya-tabiatdagi barcha ob’ektlarni va jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash muammolari va metodologiyasini o‘rganuvchi ilmiy fan.
Kvalimetriya-(lotincha quails-sifat, qadimiy yunoncha metros- o‘lchov)degan ma’noni anglatib, ob’ekt, mahsulot, jarayonlar sifatini miqdoriy baholash metodlarini o‘zida mujassamlashtirgan, turli metod va vositalar yordamida erishilgan natijani belgilovchi fan tarmog‘i.
Kvalimetriyaning amaliy tarmog‘i bo‘lgan pedagogik kvalimetriyadakadrlarni tayorlashda malaka talablari etalon sifatida qabul qilinganbo‘lib, pedagogik kadrlarning kasb malakasi va pedagogik mahoratisifati taqqoslash orqali aniqlanadi.
Pedagogik kvalimetriya ko‘p qirrali pedagogik jarayon va unga bog‘liq holda o‘qituvchining pedagogik faoliyatini o‘rganib, pedagogika fanlari sohalari ichida eng muhim o‘rin tutadigan, lekin kam o‘rganilgan soha sanaladi.
Shuni qayd etish kerakki, pedagogik kvalimetriya pedagogik jarayon va o‘qituvchining pedagogik faoliyatining sifatini belgilaydi.Pedagogik kvalimetriyaning metodologik muammolari shu kunga qadar ilmiy tadqiqotchilarning diqqatidan chetda qolgan va bu sohadagi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
|