O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANIDAN NAZARIY SEMINARLARNI O‘TKAZISHDA MUAMMOLI TA’LIM METODIDAN FOYDALANISH




Download 5,41 Mb.
bet35/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANIDAN NAZARIY SEMINARLARNI O‘TKAZISHDA MUAMMOLI TA’LIM METODIDAN FOYDALANISH


Nasriddinov D.K., Jumaniyozova T.A. – O‘zR FVV YOXI



Muammoli ta’lim bu – bilim oluvchilarga beriladigan bilimning qaysi qismini, qanday yo‘l bilan berish muammosini samarali hal qilishga qaratilgan o‘qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta’lim darsda bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi va kursant, tinglovchilarning hamkorlikdagi harakati bo‘lib, u kursant va tinglovchilar shaxsidagi muhim belgi – ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Muammoli ta’lim – kursant va tinglovchilarning erkin fikrlashlariga, o‘zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada rivojlantirishlariga ta’sir etishdir. Bunda o‘quvchi diqqat bilan tinglashi, mustaqil fikrlashi, jamoa bo‘lib fikrlashi, tahlil qilishi, ko‘pchilik bo‘lib muhokama qilishi va to‘plangan fikrini bayon qila olishi kerak.

Muammoli ta’lim metodi asosan seminar mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi. Seminar mashg‘ulotlari odatda murakkab mavzular yuzasidan tashkil etiladi. Bunday murakkab mavzularga fizika fanidan “Maksvell tenglamasining integral ko‘rinishi”, “Kvant va klassik statistika qonunlari”, “Kvant mexanikasi asoslari”, “Qattiq jism zonalar nazariyasi elementlari” singari mavzular misol bo‘la oladi.

Muammoli ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning yo‘llaridan biri hisoblanib, minimal vaqt davomida kursant va tinglovchilarning fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda eng ko‘p samaradorlikka erishish mumkin.



N.G.Dayri aytganidek, – “Darsda o‘rganiladigan mazmunning murakkab qismini o‘zlashtirishda o‘qituvchining faoliyati qanday bo‘lsa, o‘quvchi faoliyatini ham shu darajaga yetkazish muammoli ta’limning asosiy maqsadidir”.

Muammoli vaziyatni tanlashda uning yechimi mavzuni chuqur o‘zlashtirishga olib kelishini e’tiborga olish lozim, chunki bunday mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni o‘zlashtirish odatiy mashg‘ulotlarga qaraganda ko‘p vaqt talab etadi. Murakkab mavzularni o‘qitishda biz odatda muammoli o‘qitish metodini qo‘llashimiz maqsadga muvofiqdir. Agar biz muammoli o‘qitish metodini “Maksvell tenglamasining integral ko‘rinishi” mavzusidagi seminar mashg‘ulotida qo‘llasak, buning natijasida kursant va tinglovchilar Maksvell tenglamalarining fizik manosini va amaliyotda qo‘llanilishi to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Aniq mexanik model yaratilishidan tenglamalar abstraksiyasigacha va undan radiotexnika amaliyotigacha bo‘lgan uzoq yo‘l Maksvell nazariyasining rivojlanish yo‘lidir. Nazariy seminarlar suhbat ko‘rinishida o‘tkazilgani maqsadga muvofiqdir. Seminarning maqsadi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollar yordamida ilgari surilgan muammolarning kursant va tinglovchilar tomonidan muhokama qilinishidir. Suhbat usuli kursant va tinglovchilar faol muhokama qilish uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lib, ilgari surilgan muammoni hal qilishga tayyor bo‘lganlarida yetarlicha samara beradi. Shunday qilib, seminar mazmuni va shakli kursant va tinglovchilarning oldindan tayyorgarlik ko‘rishlarini talab qiladi.

Quyidagi ikki shart bajarilganda seminar muvafaqqiyatli bo‘ladi va suhbatda maqsadga erishiladi:

– guruh a’zolari ilgari surilgan muammoni yechish uchun yetarli bilimga ega bo‘lsa;

– o‘qituvchi seminar mashg‘ulotini o‘tkazishda uchinchi suhbatdosh vazifasini bajarib, kursant va tinglovchilarni qo‘yilgan muammoni yechishga yetarli darajada yo‘naltirsa.

Qo‘yilgan muammo kursant va tinglovchilar tomonidan yechilsa va o‘qituvchi ularni to‘g‘ri yo‘naltirsa va to‘g‘ri javoblarni baholab, faol qatnashmagan kursant va tinglovchilarni seminar mavzusi asosida savollar berib faollashtirsa seminar mashg‘uloti muvafaqqiyatli o‘tkazilgan hisoblanadi. O‘qituvchining bunday mashg‘ulotlar o‘tkazishdagi asosiy vazifasi bitta savolni bir necha qiyinlik darajasida qo‘ya olishi, murakkab savolni bir nechta oddiy savollarga ajratib berishida, kursant va tinglovchilar fikrini eshita bilishida va tinglovchilar noto‘g‘ri fikr bildirgan hollarda ularning fikrlarini to‘g‘irlab turishidan iboratdir.

Masalan, Maksvell tenglamalari sistemasining muhokamasi ikki yo‘nalishda olib boriladi:




Maksvell tenglamalari sistemasi asosida yotgan fizik qonunlarning matematik ifodasi va ta’rifi, bu tenglamalar sistemasidan elektrostatika va magnitostatika tenglamalari hamda elektromagnit maydon tenglamalarining kelib chiqishi;




Download 5,41 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANIDAN NAZARIY SEMINARLARNI O‘TKAZISHDA MUAMMOLI TA’LIM METODIDAN FOYDALANISH

Download 5,41 Mb.