2-bosqich. Jarayonda oʻqituvchining oʻzi qanday vazifalarni bajarishi yoki rioya qilishini aniqlab olish bosqichi;
Bu bosqichda oʻqituvchi darsni tashkil qilish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
Mashgʻulotni oldindan rejalashtirish; oʻz tajribasiga ishonishi; guruh yoki jamoani yaxshi tuza olishi; zerikarli boʻlib qolmasligiga erishishi; oʻquvchining individual harakatini hisobga olishi; vatanparvarlik tamoyilini singdira olishi; kasbga yoʻnaltirilgan boʻlishi; koʻnikma va malaka hosil qilishga qaratilishi; mulohaza va munozaraga chorlovchi; muhokama qilinishi; sinov uchun qoʻllana olishi; oʻquvchini tafakkur qilishga undashi; hayotiy, haqqoniy va xolis boʻlishi va hokazo.
Demak, oʻqituvchi boʻlajak fizika mashgʻulotini oldindan uning barcha jihatlarini bir necha marotaba oʻz mulohazalari asosida prognozlashi juda muhimdir.
3-bosqich. Jarayonda oʻquvchilarning bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni aniqlash bosqichi;
Darsga yaxshi tayyorgarlik koʻrgan oʻquvchi oʻz vazifasini bajarish vaqtida oʻqituvchining koʻrsatmasini kutmaydi. Aksincha, oʻz faolligini oshiradi. Bunday holatda oʻquvchi oʻquv jarayonida soʻralgan bilimga ega boʻlishi, bahsga kirisha olishi, oʻz iste’dodini koʻrsata olishi; qobiliyatini yashirmasdan boricha koʻrsata olishi; imkon qadar namunali boʻla olishi; oʻz fikrining isboti uchun tortisha olishi va eng muhimi fikrlay olishi lozim boʻladi.
4-bosqich. Jarayonga oʻqituvchi va oʻquvchilar birgalikda bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni aniqlash bosqichi;
Bu bosqichda oʻqituvchi va oʻquvchi mashgʻulotni oʻz xatti-harakatlari bilan demokratik va adolatli tashkil etilganligini yuzaga chiqarishi lozim. Bundan tashqari mashgʻulot uchun belgilangan vaqtga rioya qilish va natijani tahlil qilish yuqoridagi bochqichlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini koʻrsatadi. Shu bilan birga keyingi bosqich muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
5-bosqich. Jarayonni yakunlashda bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni aniqlash bosqichi;
Tashkil qilingan oʻquv mashgʻulotining muhim tomonlari koʻrib chiqiladi. Oʻqituvchining 1-bosqichda amalga oshirgan vazifasi amaliyotda keyingi bosqichlarning ishlashiga qanday ta’sir koʻtsatganligi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur jihatlar yosh avlodni vatanparvar, barkamol, bilimli, kuchli qilib ongini rivojlantirish bilan muhimdir.
Bu bosqichda oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan baholanishi; agar, oʻyin usuli qoʻllangan boʻlsa durang holati ham hisobga olinishi; jarimali holatlar izohlanishi; ijobiy va salbiy tomonlari oʻrganilishi; samarasi izohlanishi; sifat darajasi ta’kidlanishi; guruhlarning mashgʻulotda ishtiroki oʻrtasidagi tafovuti koʻrsatilishi; oʻquvchilarning olgan ragʻbati va tanbehi koʻrsatib oʻtilishi lozim boʻladi.
Oʻquvchi yoshlarda vatanparvarlik, zukkolik, aqllilik xislatlarini shakllantirilayotganidan uning mezonlariga e’tibor qaratish darkor. Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida aqlli boʻlish uchun faqat bilim, iqtidor va koʻnikmalarning hajmi yetarli emas. Aqlli shaxs deganda ma’lum malakaga ega boʻlgan analitik va tahliliy fikrlay oladigan, voqelikni induktiv va deduktiv analiz qila oladigan, fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan intizomli shaxs tushuniladi.
Shu xislatlarning birontasi yetarli boʻlmasa shaxsni mukammal deb boʻlmaydi. Shuning uchun ham oʻqituvchining oʻquvchiga mukammal shaxs sifatida ta’lim-tarbiya berish zarurligini doimo his etishi lozim boʻladi.
|