CROCODILE PHYSICS 605 DASTURI VOSITASIDA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI




Download 5,41 Mb.
bet32/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151
CROCODILE PHYSICS 605 DASTURI VOSITASIDA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI
Turayeva L.Yu. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” fizika fani yetakchi o‘qituvchisi,

Kalmashyev X.O‘ – 231-umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash maqsadida “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyun kuni № PQ -4375 qabul qilindi.

Qarorga asosan, “Temurbeklar maktabi”ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:



  • o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;

  • o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish masalalari belgilab qo‘yilgan.

Laboratoriya ishlarini o‘tkazishdan maqsad – o‘quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda umum ta’lim muassasalarida fizika fani bo‘yicha o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishda samarali yordam beradi.

O‘quvchilar o‘zlarining bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam oshira borib, tabiat hodisalari va qonuniyatlarni tajribalar asosida kuzatib, fizikadan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab oladilar, bilimlarini chuqurlashtirib, boyitib boradilar, ya’ni bilimlarning interfaol o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.

Crocodile Physics 605 dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr, optika va to‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid laboratoriya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan dasturdir.

Bu zamonaviy dastur vositasida turli fizik hodisalarni kuzatish, laboratoriya ishlarini bajarish, fizika fanidan masalalar yechish jarayonlarini modellashtirish imkoniyatini beradi.



Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonidan 1994-yildan beri takomillashtirilmoqda. Dasturda fizika fanidan masalalar yechishda, laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.


Download 5,41 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CROCODILE PHYSICS 605 DASTURI VOSITASIDA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI

Download 5,41 Mb.