1-laboratoriya ishi. Prujinaga osilgan metall sharchaning tebranma harakatini kuzataylik. Buning uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan
Bu yerda sharcha massasi 1 kg, sharchaning elastikligi 0.9, metal sharchaning radiusi 5 sm.
Bu yerda prujinaning boshlang‘ich uzunligi 0,9 metr, prujinaning bikrligi 10 N/m .
Laboratoriya ishini bajarish davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir lahzasida ikkita kuchning o‘zaro qiymatlaridagi o‘zgarishlar ta’sirida ro‘y beradi. Sharcha pastga harakatlanayotganda og‘irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha, sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri kamayib og‘irlik kuchining ta’siri ortib boradi.
Crocodile Physics 605 dasturining o‘ziga xos xususiyatlari:
Qadamma - qadam o‘rgatuvchi darslar, fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, fizik jarayonlarni mustaqil o‘rganish imkoniyatini beruvchi sodda interfeyga;
O‘quv laboratoriya sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish imkoniga;
Dasturning ko‘p qirrali uskunalari orqali laboratoriyada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda katta aniqlik bilan hisoblash imkoniyatiga;
Laboratoriya jarayonida aniqlanayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish imkoniyati mavjud.
Crocodile Physics 605 dasturidan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej o‘quvchlari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari “Fizika” fanining barcha bo‘limlarini qo‘shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
Bu dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi.
Dastur imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar yechishda) ayniqsa, laboratoriya ishlarini bajarishda keng ko‘lamda foydalanish fizika fanini o‘rganishda, fizik jarayonlarni tasavvur etishda o‘quvchilarga yaqindan yordam beradi.
|