FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN




Download 5,41 Mb.
bet29/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   151
FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN

FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Turayeva L.Yu., Bo’tayev M.A. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” fizika fani yetakchi o’qituvchilari
Yoshlar tarbiyasiga, 2016-yil 7-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan ma’ruzasida alohida toʻxtalib “Bolalarimizni birovlarning qoʻliga berib qoʻymasdan, ularni oʻzimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan koʻproq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy koʻmak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy tarixiga tayanamiz” -deb ta’kidlab oʻtdi.

Hozirgi kunda barcha oʻquv muassasalarida oʻqituvchining fizika darslarini tashkil etishida koʻpgina hollarda darsning texnologik jihatdan yetarli darajada tashkil etilmayotganligi koʻzga tashlanib qolmoqda.

Xoʻsh,buning sababi nimada?

Albatta, bunday muammolar birgina oʻqituvchining xatti-harakati bilan hal etilmaydi.

Fizika oʻqituvchisining darsni texnologik tashkil etishi bilan muayyan maqsadga erisha olmasliga mashgʻulot jarayonida asosiy funksiyani bajaruvchi oʻquvchi koʻp hollarda sababchi boʻlib qolmoqda.Lekin, bu oʻquvchi aybdor degani emas.Aksincha, mashgʻulot davomida qanday ishtirok etishni anglab yetmaganligida.Bundan tashqari fizika darslarini tashkil etish texnologiyasiga toʻliq amal qilinmayotganligini ham ta’kidlab oʻtishimiz mumkin.

Aslida, texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha boʻlgan (soʻnggi bosqich) davrini oʻz ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e’tirof etiladi.Qoidadan koʻrinib turibdiki, texnologiyaning ishlashi natijasida tayyorlangan mahsulot bir xil sifatga ega va asosiysi hamma vaqt takrorlana oladi. Pedagogik jarayonda esa bu holatdan afsuski, samarali bir xillik va takroran amalga oshirish yoʻq.

Darsni texnologik tashkil qilishda avvalo, oʻqituvchi darsga tayyorgarlik koʻrganda har taraflama oʻz rejasini tahlil qilgan boʻlishi, maqsad va vazifani qisqa va loʻnda tuzishi, darsning barcha tarkibiy qismini bilishi lozim boʻladi.

Umuman olganda, darsni qanday darajada tashkil qilish oʻqituvchining pedagogik qobiliyatiga bogʻliqdir.Oʻqituvchi darsni a’lo darajada tashkillashtirishda pedagogik qobiliyati yuqori darajada boʻlishi bizga ma’lum.

Har bir oʻqituvchi oʻziga xos individual-psixologik xislatlarga ega boʻladi.Ulardan ba’zilari harakatchanroq, boshqalari sustkashroq, ba’zilari qattiqqoʻlroq, boshqalari yumshoqroq boʻladi.

Oʻqituvchida yuqoridagi qobiliyatlarning shakllanganligi, u mashgʻulot olib boradigan guruh muhiti va imkoniyatini yaxshi anglaydi.Bu oʻrinda oʻqituvchidan darsni tashkil qilish, oʻquvchilarni jarayonga moslashtirish borasida ham alohida shugʻullanish talab etiladi.Oʻqituvchining bunday harakati har qanday mashgʻulotni olib borishida, har qanday guruh bilan ishlashida foydadan xoli boʻlmaydi.



Darsni tashkil qilish texnologiyasini shartli ravishda 5-bosqichga (1-rasm) boʻlishimiz mumkin:

Mazkur bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir. Birinchi bosqichning muvaffaqiyatli natijasi ikkinchi bosqichning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, ikkinchisi esa uchunchi bosqichni va hokazo.

Har bir bosqichdagi vazifalar oʻqituvchi va oʻquvchi tomonidan yaxshi oʻzlashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Aks holda oʻquv jarayonida muammolar kelib chiqadi.


Download 5,41 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN

Download 5,41 Mb.