GEOMETRIYA FANINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY USULDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Shoyliev S.B. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” yetakchi o‘qituvchisi
Barchamizga ma’lumki ushbu fan o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni, ya’ni xotira tasavvuri, tasavvur xayolini o‘stirish va ularning qo‘zg‘aluvchanligini rivojlantirish, o‘quvchilarda konstruksion – geometrik fikrlashni rivojlantirib, ularda loyihalash qobiliyatini shakllantiradi.
Ushbu fanni o‘qitishda ko‘proq grafik masalalar berib har bir o‘tilgan mavzu mustahkamlanib kelingan. To‘g‘ri grafik masalalar orqali o‘quvchi chizmalarni chiroyli va toza chizishga o‘rganadi. Undan tashqari o‘quvchida estetik tarbiya ham shakllanadi. Shu sababli bir xil dars berish usuli bilan cheklanib qolmasdan zamon talabidan kelib chiqqan holda, noan’anaviy usullarni ham qo‘llash foydadan holi bo‘lmaydi.
O‘quvchilarning mustaqil bilim olishi va o‘rganishni, hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslarini yaratish kun talabiga aylanmoqda. Shu boisdan geometriya fanini o‘qitishda noan’anaviy usuldan, ya’ni grafik tasvirlarsiz so‘zlardan tashkil topgan testlar asosida amalga oshirish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bu usul bilan grafik masalalarni inkor etishdan yiroqdamiz. Maqsad, o‘quvchilarga ushbu fanni yanada chuqurroq o‘qitishning noan’aviy usuli xolos.
Misol tariqasida “To‘rtburchaklar” mavzusida testlar tuziladi.
Test savollari faqat mavzudan cheklanmagan holda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday test savollarni va unga javoblarini ko‘rib chiqamiz:
1. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 32 sm, uning eni esa bo‘yidan 2 marta kichik. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri topilsin.
a) 96 sm;
b) 9,6 sm;
c) 960 sm;;
d) 96 mm;.
|