OLIY VA O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLARNI TAYYORLASHDA INNOVATSION YONDASHUV




Download 5,41 Mb.
bet47/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151
OLIY VA O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLARNI TAYYORLASHDA INNOVATSION YONDASHUV
Xadjiyeva B.A.– O‘zR FVV YOXI YOO‘TF kafedrasi o‘qituvchilari, podpolkovnik

Abdusharipov O‘. R. – podpolkovnik
Ayni paytda, ta’limga, tashkiliy, iqtisodiy, pedagogik, uslubiy va texnologik qayta jihozlashga yangi yondashuvlar talab qilinmoqda. Shuning uchun ta’lim tizimi faoliyatini tubdan yangi shakllarda barpo qilish uchun, mamlakatimizdagi ta’lim muassasalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga asoslangan ta’lim rivojlanishining strategiyasini loyihalashtirishga, ta’lim xizmati bozorining dinamikasiga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda.

Ushbu muammoni hal qilishning samarali usullaridan biri ilmiy va innovatsion yondashuvga asoslangan an’anaviy va global tendensiyalar eng yaxshi tajribalar hisoblanadi.

Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlash kerak..”, bu xususida yanada yuqori samaraga erishishi uchun muhtaram Prezidentimiz o‘z nutqlarida “...umumiy ta’lim maktabini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini jiddiy ravishda mustahkamlash, o‘quv dasturlarini yangilash, boyitish, zamonaviy darsliklar va maxsus adabiyotlar chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur ...”- .deb ta’kidlab keladilar.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinishi va islohotlarning uzviy davomi sifatida ta’lim sohasida ham ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunining yaqqol misoli, Davlatimiz rahbarining “Oliy ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, qarori, “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unda Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari, miqdorlari belgilandi. Bularning barchasi o‘qituvchilar mehnatini yanada qadrlash, soha xodimlariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin namunasidir.

Prezidentimiz bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir, deb takidladilar. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishni ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Bu o‘z-o‘zidan ma’lumki, kelajakda yosh mutaxassislarning bilimli, malakali kadrlar bo‘lib yetishishining omili bo‘lib hisoblanadi. “Ta’lim jarayonining didaktik mohiyati” ta’lim jarayonining “yaxlitligi”, “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas, biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq.

Shuning bilan bir qatorda zamonaviy dars olib borish uslubiyoti ham ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda.

Jumladan, ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar o‘qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab kursant yoki tinglovchilarning dunyoqarashiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o‘zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya o‘z navbatida ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o‘zida mujassamlashtiradigan o‘quv jarayonidir.

Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llash bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi va o‘qituvchi (pedagog)lar mehnatining foydali ish koeffitsientini oshiradi. Boshqacha aytganda, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti-ta’lim jarayoniga tizimli yondashuv va rang barang pedagogik faoliyatdan iborat xizmat ko‘rsatish sanaladi.

Ayni davrda ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, metod va vositalarlarni xilma-xillash, ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish-bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyiladi. Shunday bo‘lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik mahorat ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo‘lsa, shunchalik kamdek tuyulaveradi. O‘qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. O‘qituvchilarning faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxir oqibatda yuksak ijtimoiy buyurtmaning bajarilishiga olib keladi.

Ma’lumki, innovatsion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi-kursant faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda ko‘proq interfaol usullardan to‘liq foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar-bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik o‘zaro ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usullarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi-kursantlarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi, o‘quvchi-kursantlarning erkin o‘zaro, bir-biriga ta’siri orqali amalga oshiriladi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OLIY VA O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLARNI TAYYORLASHDA INNOVATSION YONDASHUV

Download 5,41 Mb.