CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANINI O‘QITILISHINI YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
( MULTIMEDIYA VOSITALARI YORDAMIDA O‘QITISHUSLUBI)
Yaqubov A. S. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Urganch “Temurbeklar maktabi” CHQBT fani yetakchi o‘qituvchisi
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini asrash ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Bugungi kunda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish yoshlarimiz uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch va muqaddas majburiyatdir, balki har bir yoshlarimizning orzusiga aylanib bormoqda.
Mustaqil davlatimiz tinchligi, osoyishtaligini himoya qilish maqsadida o‘z hayoti taqdirini harbiy soha bilan bog‘lagan o‘quvchi yoshlarimiz “Temurbeklar maktab”larida ta’lim olayotganlaridan cheksiz faxrlanadilar.
Yosh avlodni har jihatdan bilimli, salohiyatli qilib o‘stirish, ona yurtga sodiq qilib tarbiyalash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizni munosib ulug‘laydigan, jismonan baquvvat, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli bo‘lib kamolga etishi, ayniqsa chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik saboqlarini chuqur o‘rganishi va jismoniy tayyorgarliklariga alohida e’tibor qaratilishi muhim vazifalaridan biridir.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 23-avgust kuni ta’lim sohasini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga chuqur bilim berish va ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida e’tibor qaratgan dolzarb masalalarni harbiy sohada hayotga tatbiq qilishdan kelib chiqib hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan “Temurbeklar maktab”larida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni qo‘llab mashg‘ulotlarni o‘tkazish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevral kungi 140-sonli Qarorning 1-ilovasi 5-bob “V”- bandi talablaridan kelib chiqqan holda “Temurbeklar maktabi”da o‘tkazilayotgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidagi barcha mavzularni zamonaviy multimediya vositalari yordamida (kompyuterninig matn, grafik, tovushli va videomateriallar bilan ishlashga imkon beruvchi vositalar- videoproyektor, televizor, kompyuter, ko‘rgazmali qurollar) tashkil qilish va ularni dars jarayoniga tatbiq qilish maqsadga muvofiq.
Ushbu pedtexnologiya orqali o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarni o‘tilgan har bir mavzu bo‘yicha tasavvurlari, fikrlash qobiliyatlari, ushbu o‘tilgan mavzuga doir har bir holatlar, qurol-aslahalar, harbiy texnikalar, harbiy xizmatning huquqiy asoslari, shuningdek, o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirishlari hamda o‘z ustida ishlashlariga zamin yaratiladi, o‘quvchilarni ushbu fanga va harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortadi.
Shuningdek, “Otish tayyorgarligi”, hamda “Harbiy ish asoslari” bo‘limlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni harbiy qismlarda malakali ofitserlar hamkorligida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bundan tashqari 1-kurs yakuni bo‘yicha o‘quvchilarni har qanday qiyinchiliklarni sabr va chidam bilan yengib o‘tish, har qanday muammoli va qiyin vaziyatlardan chiqib ketish, qiyin yashash sharoitlariga ko‘nikish masalalari bo‘yicha 1haftalik dala o‘quv mashg‘ulotlarini harbiy qismlar poligonlarida o‘tkazishni tashkil qilish.
Ushbu kiritilayotgan yangiliklar, o‘quvchilarda keng dunyoqarash intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rejalashtirish, notiqlik va yetakchilik hislatlariga ega jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur vatan himoyachilarini, shuningdek, harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarini har tomonlama chuqur singdirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilar bilan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishni va ularni bilim olishlarini yanada yaxshilash va takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar:
Temurbeklar maktablarida o‘qitilayotgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli bilan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturini (fuqaro muhofazasi uchun ajratilgan soatlarini qisqartirib, otish tayyorgarligi va harbiy ish asoslari bo‘limlari bo‘yicha taqsimlangan soatlarni) qayta ko‘rib chiqish.
Bir haftalik dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdagi muammolarni hal qilishda(poligonga borish, kelish uchun transport vositasi, yotish uchun sharoitlar, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun shart va zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va anjomlarni tayyorlash) “Temurbeklar maktab”lariga biriktirilgan harbiy qismlarga ko‘rsatmalar berish.
Viloyatdagi harbiy qism komandirlari va rahbarlarini oyda bir marta kelib “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash harbiy xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib borish, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarini boyitish, ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi yangiliklar va o‘zgarishlar (CHQBT faniga oid) to‘g‘risida “Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy harbiy bilim yurtlari orqali yuborishni tashkil qilish.
|