SOAT MASALALARINING SODDA YECHIMLARI
Qorabekov O`. Y. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Samarqand “Temurbeklar maktabi” katta o‘qituvchisi
Bugungi kunda o’quvchilar uchun matematika yoki fizika fanlarini chuqur o’rganishlari uchun ularga qiziqarli va kundalik hayotda uchrovchi masalalarni qo’yish “urf”ga aylangan. Bularga misol qilib, 2013-yil fizika fanidan Davlat test imtihonlaridagi 1 kg paxta yoki toshning og’irliklarini taqqoslash masalasi, 2017- yil fizika fanidan elakning qancha suv ko’tara olishi to’g’risida, yoki matematika fanidan har yili savdo bilan bog’liq masalalar, shular qatori elektron yoki mexanik (milli) soatlarga doir masalalarni keltirish mumkin.
Siz bilan o’rganmoqchi bo’layotgan masalalarimiz mexanik (milli) soatlarga doirdir. Bunda geometrik masalalar fizik usulda yechib ko`rsatiladi.
Osma soatlar va qo’limizdagi soatlarning umumiy aylanasi 3600 ga teng va daqiqalar soni 60 ta bo’lganligi uchun har bir daqiqa oralig’i 60 ga tengdir. Demak, soatdagi har bir sonlar orasidagi burchak 300 dan bo’ladi. Endi soatimizning har bir mili qancha vaqt ichida qanday burchakka buriladi? Shuni bilib olamiz.
Soatning sekund mili 1 daqiqa davomida 3600 ga, daqiqa mili 1 daqiqa (min)da 60 ga, soatning soat mili esa 1 daqiqada 0,50 ga buriladi. (soat miliniki proporsiya yordamida topiladi).
Fizika kursidan bizga aylana bo’ylab harakat uchun burchakli tezlik tushunchasi kiritilgan. ya’ni vaqt birligi ichida jismning burilish burchagi burchakli tezlik deyiladi.
bu yerdan burilish burchagi.
Biz birligi sifatida dan foydalanamiz.
Bulardan soatning sekund milining burchakli tezligi , daqiqa miliniki , soat miliniki esa ga tengligini aniqlaymiz.
Ana endi aniqlab olgan kattaliklarimizni masala yechish uchun qo`llasak ham bo`ladi.
|