HARBIY AKADEMIK LITSEYLARDA AKT (AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR)DAN FOYDALANISH




Download 5,41 Mb.
bet55/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151
HARBIY AKADEMIK LITSEYLARDA AKT (AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR)DAN FOYDALANISH
Ibadullayev A. N. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Urganch “Temurbeklar maktabi” yetakchi o‘qituvchisi
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta’limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimida kompyuter texnikasidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar to‘xtovsiz kechmoqda.

Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”ni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizimni belgilab berdi. Unga ko‘ra, bu maktablarga yoshlar cheklangan miqdorda tanlab olinadi, o‘quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalari va kamida ikkita xorijiy tilni puxta o‘rganadi, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, har tomonlama barkamol, yoshlar orasida yetakchi bo‘lib shakllanadi deb aytganlar.



Bundan tashqari davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.

Unga ko‘ra yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning uchinchi tashabbusida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishga doir bir qator qarorlar qabul qilindi. Ularda asosan, yoshlarimizga berilayotgan bilim va ko‘nikmalarni yangicha usullarda tushuntirish nazarda tutilgan. Ayni chog‘da yosh pedagoglardan ish faoliyatini puxta rejalashtirishi, qo‘yilgan masalaning to‘laqonli yechimini topishi uchun zarur bo‘lgan axborotlarni tezkor topa olishi, o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonning modelini ko‘ra bilishi hamda yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi uchun yetarli malakalarga ega bo‘lishi talab etilmoqda.

Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha mavjud holat va muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:  

1. Moddiy-texnik bazani takomillashtirish maqsadida, ma’nan eskirganlarini yangilash kerak. Ya’ni, o‘quv muassasasini zamonaviy texnik qurilmalar, zamonaviy kompyuter, videoproektor, maxsus ekran, televizor, video kamera, fotoapparat, veb-kamera, skaner, printer, internet, kompakt disklar, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash zarur.

2. O‘quv dargohida dasturiy mahsulotlar yetarli darajada emasligini hisobga olib, ularni multimedia elektron darsliklar, o‘rgatuvchi trenajyorlar, virtual laboratoriya, texnik qurilmalarning dasturiy ta’minoti, ularni ishlatish va o‘rgatish bo‘yicha qo‘llanmalar bilan ta’minlash kerak.

3. Ta’lim muassasasida o‘qituvchilarning ma’lum bir qismi zamonaviy kompyuter texnikasidan o‘quv jarayonida yetarli foydalanish malakasiga ega emas. Moddiy-texnik baza va multimedia dasturlaridan dars jarayonlarida, amaliy mashg‘ulotlarda foydalanishni bilmaslik – barcha ishlarning samarasiz ketgani hisoblanadi. Shuning uchun ta’lim muassasasidagi o‘qituvchilarni kompyuterda mukammal ishlashni bilishlari, uning imkoniyatlaridan o‘qitish jarayonlarida unumli foydalanishlari juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga ta’sir etuvchi asosiy faktorlar haqida gap ketganda avvalo, o‘qituvchilarni kompyuterda ishlashga o‘rgatishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Birinchi navbatda, ta’lim muassasasida mehnat qilayotgan o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligi darajasini kompyuter texnikasi bilan muloqotni yaxshi biladiganlar darajasiga yetkazish lozim.

Buning uchun dastlab zamonaviy texnologiyalar bilan tanish bo‘lmagan o‘qituvchilarni kompyuter texnikasi bilan muloqot qilishga o‘rgatish vazifasi hal qilinadi, ularning shu sohadagi bilim va malakalari ikkinchi kompyuter texnikasi bilan muloqotni qisman biladiganlar darajasiga yetkaziladi. Bu bosqichda o‘qituvchilarga “officce” dasturlarida ishlash to‘liq o‘rgatiladi.

Barcha fan o‘qituvchilarining kompyuter texnikasi bilan muloqotni yaxshi biladiganlar darajasiga yetkazilishi fanlardan mavzularning ma’lum qismini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tish, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida butun jahon axborot tizimi INTERNETga ulanish, undan materiallar olish va dars jarayonida mazkur materiallardan foydalanish, mavzular bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini loyihalash, dasturlashtirishga imkon yaratadi.

O‘qituvchilar tomonidan yuqoridagi natijalarga erishilganda dars jarayonini samarali o‘tkazish, o‘quvchilar bilim saviyasini oshirish, ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘qitish mumkin.


Download 5,41 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HARBIY AKADEMIK LITSEYLARDA AKT (AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR)DAN FOYDALANISH

Download 5,41 Mb.