Masalan,Guruhdagi barcha bolalar bir yoqadan bosh chiqarib (qay holatda?) mehnat qilishdi. Oqko‘ngil (qanday?) insonlar safi kengayaversin. Yolg‘iz farzandining burni ko‘tarilgani (nimasi?) Ikromjonga alam qildi. Nima uchun og‘zi qulog‘idaligini (nimani?) tushungandayman. Bu bola ko‘zimga issiq ko‘rinmoqda (nima qilmoqda?)
Ko‘p hollarda iborani biror gap bo‘lagi sifatida qatnashtirib, gap tuzish topshirig‘i berilganda, o‘quvchilarning qiynalganligiga guvoh bo‘lamiz. Barcha gap bo‘laklariga oid misollarni eng avvalo, ular bilan birgalikda tuzib, savol berish orqali bo‘laklarni ajratishni o‘rgatsak, fikrimizcha, natija yomon bo‘lmaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish o‘rinliki, o‘tilgan mavzularni mustahkamlashda interfaol usullardan sanalgan yuqoridagi kabi ta’limiy o‘yinlar yaxshi samara berishini aytish joizdir. Zero, shogirdga eng avvalo, baliq tutishni emas, qarmoqni qanday yasashni o‘rgatishning o‘zi kifoyadir.
ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ORQALI KO‘ZLANGAN SAMARADORLIKKA ERISHISH YO‘LLARI
|