Temurbeklar maktabi




Download 5,41 Mb.
bet64/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151
Boymirzayeva F. G‘.– O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyiona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini

o‘tin yorishga sarflash kerak emas”.

Abdulla Qahhor
Dunyoda barcha taraqqiyot va yutuqlarning ibtidosi ilm ekanligi juda qadimdan ma’lum. Yurtdoshimiz – buyuk muhaddis olim Imom Ismoil al-Buxoriy “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” xulosasi ko‘p yillik ilmiy tajriba va nafaqat o‘z davri uchun, balki asrlar osha insoniyat taraqqiyoti tarixida ilm sari yo‘naltirilgan eng samarali xulosa sifatida zamonamiz uchun ham yuksak ahamiyatga ega.

Zamon tezkorlik bilan rivojlanayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida adabiyotga e’tibor biroz susayganday, badiiy asarlarimiz o‘rnini internet tizimi orqali tezkor axborot tashuvchi va yetkazib beruvchi zamonaviy kommunikatsiya vositalari egallab olganday, kitobxonlik madaniyati oqsayotganday ko‘rinmoqda. Aslida adabiyot va bilim olish manbai bo‘lgan kitoblarning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. O‘z vaqtida Turkistonda milliy uyg‘onish davri vakili, jadid, o‘zbek adib va shoiri Abdulhamid Cho‘lpon “Adabiyot yashasa, millat yashar” so‘zlari bilan butun Turkiston o‘lkasini g‘aflat uyqusidan uyg‘onishga chaqirgan edi. Demak, adabiyot – milliyligimiz ko‘rki desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Adabiyot – bu san’at, so‘z san’ati. So‘zni o‘z o‘rnida, tom ma’noda, butun jozibasi, kuch-qudrati bilan san’atkorona qo‘llash mahorati. Bu san’atni egallash, notiqlik mahoratini qo‘lga kiritish, so‘z qudrati orqali buyuk zafarlar qozonish mumkin ekanligini bilim olayotgan yosh avlod vakillari bilsa edi!? O‘rta asrlarda hind sarhadlarida Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diyning tish-tirnog‘igacha qurollangan, qator harbiy fillardan iborat va ikki baravar ko‘p bo‘lgan qo‘shini ustidan zafarli g‘alaba qozongan ajdodimiz shoh, shoir va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning bosh quroli yuksak vatanparvarlik va harbiy jasurlik ufirib turgan otashin nutqi ekanligini yoshlarimiz idrok etsa edi...

Shu ma’noda o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida, kasb yoki sohaga yo‘naltirish ishlarida ularda notiqlik mahoratini shakllantirish yuzasidan adabiyot fani va bu fan vakillari bo‘lgan ustoz-murabbiylarning zimmasida o‘ta mas’uliyatli vazifa hamda majburiyatlar mavjuddir. Aynan shu jihatdan yuksak vatanparvarlik va harbiy tayyorgarlik tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida umid qilinayotgan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bugungi kun adabiyot fani o’qituvchilaridan katta jonbozlik, tashabbuskorlik va ijodkorlik talab qilanadi. Amaldagi o‘quv-uslubiy me’yorlar asosida mavzularni yoritishda noan’anaviylik va ilg‘or yondashuvlar yaqqol ko‘zga tashlansagina o‘quvchilarda bu fanga muhabbatni uyg‘otish hamda yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadiga erishish mumkin.

Muallimlik sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ustoz borki, o‘quv jarayonida darsning muqaddasligini butun ongi bilan idrok etadi. Adabiyot darslarida esa bu mas’uliyat ikki karra ahamiyatlidir. Darslarda “She’riy daqiqa”, “Musiqiy daqiqa”, ”Xotira mashqi”, “Ifodali o‘qish”, “Rolli o‘yinlar”, “Bu qaysi asardan?”, “Men kimman?”, “Satrlarni to‘ldiring”, “G‘azalxon yoshligim”, “Audio kitob”, “Jurnalist minbari”, “Bir bayt tahlili”, “Dunyoda nima gap?”, “Yangi nashr”, “Bir asar tarixi”, “Shoir-u, she’r-u, shuur” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilar ongini, xotirasini rivojlantirishga, shaxs sifatida o‘zligini topa olishiga, davr bilan hamnafas bo‘lishga, notiqlik madaniyatini yuksaltirishga, xayoliy tafakkurini o‘stirishga, chuqur xulosa chiqarish qobiliyati va iqtidorini rivojlantirishga, o‘zgalar dard-u quvonchlarini tushunishga yordam beradi. Darslarda yozuvchilarning audio kitoblaridan (MP3), shoir va yozuvchilarning ovozli yozuvlaridan foydalanish, elektron darsliklarni unumli qo‘llash, videolavhalarni namoyish etish darslar samaradorligini oshiradi. Mumtoz adabiyotimiz vakillarining ijodlarini o‘rganishda darslarda “Bahr-u bayt” she’riy texnologiyasidan foydalanish orqali o‘quvchi yoshlarimizning so‘z boyliklarini oshirish va orfografik – yozma nutq savodxonligi, orfoepik – og‘zaki nutq savodxonligi samaradorligini yuksaltirish zarur. Mazkur mavzuli darslarda nazm mushoirasini o‘qituvchi boshlab berib, o‘quvchilar she’r misralarining oxirgi harfi bilan boshlanadigan she’riy parchalar bilan didaktik usulni davom ettiradilar. O‘quv jarayonida nazmiy mushoira mavzularini har darsda o‘zgartirish, bu sohada o‘quvchilar fikrini tinglash va ularning takliflarini, albatta, inobatga olish yaxshi samara hamda pedagogik maqsadga erishish yo‘lida optimal natija beradi. Masalan, adabiyot darslaridagi bu mavzular “Ona”, “Vatan”, “Muhabbat”, “Do‘st”,“Kitob”, “Mardlik”, “Jasorat” kabi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Adabiyot darslarida ”Yangi nashr” ilg‘or pedagogik texnologiyasiga asoslanib, respublikamizning markaziy adabiy-badiiy nashrlari: “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Tafakkur”, “Ijod olami”, “Qalb sadosi” kabi jurnal va gazetalarni asos qilib olish o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga kirib borishi va o‘z o‘rnini topishlariga, mazkur nasrlarda ilgari surilgan fikr va g‘oyalarga o‘z munosabatlarini bildirish orqali jamiyatda fuqarolik mavqelarini belgilab olishlariga zamin yaratadi. O‘quvchilarda so‘nggi nashr va yangi chop etilgan asarlarga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi, kutubxonadan mazkur asarlarni olib o‘qishlariga turtki bo‘ladi. O‘quvchi yoshlar o‘rtasida asarda ilgari surilgan g‘oya haqida fikr bildiriladi, yoqlanadi yoki tanqidiy munosabatlar yuzaga keladi, o‘zaro bahs va munozara orqali ijtimoiy tafakkur yuksaladi va tabiiyki, jamiyatimizdagi yoshlar orasida kitobxonlik madaniyati keng ommalashadi.

Yosh avlodning yuksak tafakkur va chuqur bilimga ega bo’lishi bevosita uning o‘g‘zaki va yozma nutqida o‘z ifodasini topadi. Bugungi kun o‘quvchilari oliy ta’limga kirish maqsadida ko‘p vaqtini test savollarini yechishga sarflaganliklari uchun ham ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘g‘zaki va yozma nutqlarida oqsashlar sezilishi odatiy tusga aylanib qolmoqda. Harbiy akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida bu muammoni yechishda adabiyot darslarida “Jurnalist minbari” pedagogik texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi belgilangan o‘quvchilarga keyingi dars uchun jurnalistik material yig’ib kelishni topshiriq sifatida beradi. Har darsda ikki nafar o‘quvchi o‘zini kamera qarshisida tasavvur qilib, tengdoshlarini yangiliklar bilan tanishtiradi. O‘quvchilar tayyorlagan yozma matn imloviy jihatdan tekshiriladi va tahlil qilinadi. Bu usuldan dars jarayonida davomli foydalanish o‘quvchilar o‘g‘zaki va yozma nutqining o‘sishiga olib keladi.

“Xotira mashqi” ilg‘or pedagogik texnologiyasi o‘quvchilar xotirasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu metod o‘qituvchilarning so‘z boyligini oshishiga, notiqlik salohiyatining yuksalishiga, eslab qolish qobiliyatining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bu usulda o‘qituvchi darsda badiiy asar, audio kitobdan parcha yoki suxandon tomonidan ifodali o‘qilgan mumtoz adabiyotimiz vakillari: A.Navoiy, Z.M.Bobur, M.Lutfiyning g‘azallaridan, muallifning o‘z ovozi bilan o‘qigan E.Vohidov, A.Oripov, S.Sayyid, X.Xudoyberdiyeva, M.Toir, M.Yusuf, I.Mirzolarning she’rlaridan foydalanishi mumkin. Bunda “O‘zbekiston” telekanalining “mtrk.audiokitob.uz” saytidan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Dars davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar o‘zlariga yoqqan she’r yoki hikoyaning audioyozuvini tanlashlari yoki tayyorlashlari mumkin. Mazkur pedagogik texnologiyaning sharti turlicha bo‘lib, maqsadga muvofiq tanlanishi mumkin: 1) o‘zingizga yoqqan so‘zlarni yozib olish; 2) faqat fe’l (yoki son, sifat, ot, ravish kabi) so‘z turkumlarini yozib olish; 3) kim ko‘p so‘z yozib olish... kabi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimizki, yosh avlodga sifatli, samarali, mukammal va zamon talablari asosida hayotiy ehtiyojlarga javob bera oladigan bilim berish kelajakda har jihatdan yurtimiz va xalqimiz farovonligini, osoyishta hayot tarzi va taraqqiyotini ta’minlashning asosiy mezonidir. Bu sharafli va muqaddas, ayni vaqtda o‘ta mas’uliyatli kasb barchamizdan fidoyilikni talab etadi.


Download 5,41 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151




Download 5,41 Mb.