• Klaster” usuli.
  • G’alvir” usuli.
  • Guldasta” usuli.
  • ADABIYOT DARSLARIDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH




    Download 5,41 Mb.
    bet65/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
    ADABIYOT DARSLARIDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    Komilova A. A. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
    Mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohadagi o‘zgarishlar, shuningdek, fan va texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bugungi kun mutaxassisiga qo‘yiladigan talablarning o‘zgarishiga olib keldi. Bu o‘z o‘rnida tahsil olib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning turli jabhalarida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni tayyorlash vazifasini bajaruvchi ta’lim tizimiga qo‘yiladigan talablarning ham o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Endilikda oliy ta’lim dargohlariga tayyorlanib yetishib chiqayotgan yoshlarga mustaqil fikrlay olish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali uchragan muammolarni yecha olish, faoliyatini samarali olib borish uchun zarur ma’lumotlarni tez topa olish va ularni qo‘llay olish, muloqotga kirishuvchan bo‘lish, hamkasblar bilan hamkorlikda ish olib bora olish, yangi g‘oyalarni qabul qila olish, yangi sharoitlarga moslasha olish, o‘z harakatlari uchun mas’uliyatni his qila olish, boshqaruv ko‘nikmalarini yaxshi o‘zlashtirish kabi sifatlarga ega bo‘lish singari talablar qo‘yilmoqda. Bunday yoshlarni tayyorlash esa ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu islohotlar o‘quv muassasalarining ta’lim jarayoniga dunyo mamalakatlarining ta’lim tizimida tajriba sinovlaridan o‘tgan zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyarni tatbiq etishni talab etadi.

    Ko‘rinib turibdiki, zamon talablariga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, muayyan natijalarni ko‘zlaydigan va ko‘zlangan maqsadlarga mos keluvchi ta’lim usullarini qo‘llay olish bugungi kun pedagogidan kuchli bilim hamda mahoratni talab qiladi. “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarida o‘qitiladigan “Ona tili vaadabiyot”darslarida fanni o‘qitishdan asosiy maqsad milliy qadriyatlarimiz asosi sanalmish ona tilimiz vaadabiyotimizning bebaho merosi, an’analari bilan tanish bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini tizimli yo‘sinda umumlashtirish va egallagan ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Fan dasturida o‘quvchilarning muayyan mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritishlariga, o‘z ustlarida ko‘proq ishlashlariga, dalillarni sharhlash va asoslash yo‘sinlariga asosiy diqqat qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. Shu bilan birga vatanparvarlik, millatparvarlik ruhini singdirish ham bosh talablardan biridir. Dasturning asosiy talablaridan biri o‘quvchilarni bir “qolip”ga solmay, ularning fikrlash doiralarini kengaytirish, o‘z nuqtai nazarini erkin ifodalay olishga imkon berish va mustaqil fikrlashga, tafakkur qilishga yo‘naltirishdir. Shunday ekan, umumuy o’rta ta’lim maktablari va akademik litsey ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilaridan mashg‘ulotlarni rejalashtirayotganda yuqoridagi talablarni inobatga olib, o‘qitishning zamonaviy usullaridan eng maqbulini qo‘llay olish mahoratiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu o‘rinda adabiyot darslarida keng foydalanish mumkin bo‘lgan ayrim usullarni ko‘rib chiqamiz.

    Klaster” usuli. Bu usulni hamma yaxshi biladi va bugungi kunda yaxshi samara berib kelayotgan usullardan biridir. Yangidan yangi usullar paydo bo’lishiga qaramay, bu usul yangi va ilg‘or usullar qatorida o‘z o`rnini bo’shatmay, o’qituvchilar tomonidan muntazam qo’llanib kelinmoqda. Bu usul o‘quvchilarga erkin fikrlash, g‘oyalar o‘rtasidagi bog‘liklarni o‘rganish, ularni guruhlarga ajratishga imkon beradi. Ushbu usulni ham kichik guruhlar bilan ishlashda, ham individual tarzda amalga oshirish mumkin. Adabiyot darslarida “Klaster” usulini ijodkorlar hayoti va faoliyatini o‘rganishda, badiiy asar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni o‘rganishda, shuningdek, asar qahramonlari xarakterini ochib berishda qo‘llash mumkin. Umuman olganda bu usulni axborotli ma’ruza darslarida qo‘llash maqsadga muvofiqdir: o‘qituvchi mashg‘ulotning kirish qismida o‘quvchilarga o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha 3-5 daqiqa ichida bir necha so‘z yozish va ularni o‘zaro mantiqiy bog‘lashni taklif qilish orqali ularni yangi mavzuga olib kiradi va o‘quvchilarda mavzuga oid mavjud bilimlarni aniqlab oladi. Yangi mavzu bayoni bosqichida o‘qituvchi “Klaster”ni yangi ma’lumotlar bilan boyitadi, bu ma’lumotning alohida qismlarini aniqlash va eslab qolishga ko‘maklashadi. Mustahkamlash bosqichida o‘quvchilar tushunchalarni o‘zaro bog‘lab, guruhlarga ajratadilar. Bu o‘quvchining mavzuni qanday o‘zlashtirganidan dalolat beradi.

    G’alvir” usuli. Ushbu usulda aralash holdagi turli ma’lumotlar beriladi.Bu ma’lumotlar ichidan mavzuga oidlarini o`quvchilar tanlaydilar.Vatman qog`ozda yoki slaydda turli xil shakllarga ma’lumotlar joylanadi.Bir marta tayyorlangan bir qancha darslar davomida ham qo`llasa bo`ladi.Bu usulni guruhlarda va juftliklarda, individual holatda ham ish olib borish mumkin.Masalan, doston qahramonlari aralash holda taqdim etiladi. Alpomish, Kuntug`mish, Ravshan, Rustamxon, Ko’kqashqa,

    Guldasta” usuli. Bu usulni barcha fanlar kesimida foydalanish mumkin. Sochma holdagi ma’lumotlar yig’ilib, umumiylashtiriladi va bu orqali o‘quvchilarning har biri ishlaydi shu bilan birgalikda mehr-muhabbatli bo‘lishlari ham ta’minlanadi. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o`rganishda bu usulni quyidagi tartibda qo`llash mumkin. Har bir o`quvchining qo`lida bittadan gul bo`ladi va shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumot aytib qo`lidagi gulni ikkinchi o`quvchiga uzatadi. 1- o`quvchi: shoh va shoir Bobur 1483- yi 14-fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. 2-o`quvchi: 12 yoshida otasining bevaqt o`limi tufayli taxtga o`tirishga majbur bo`ladi. 3-o`quvchi: Bobur asos solgan sulola 332-yil davomida Hindistonda hukmronlik qilgan... Ma’lumotlar yig`ilgan sari o`quvchilar qo`lidagi guldasta ham shakllanib boraveradi. O`qituvchi tomonidan fikrlar yakunlanib, shoir siymosiga ta’zim sifatida guldasta qo`yiladi. Bu usul yosh va sinf tanlamasligi ham maqsadga muvofiqdir. Yana adabiyot darslarida “Sinkveyn”, “Yozma taqriz”, “Ikki qismli kundalik”, “Yozma debatlar”, “Insert” kabi usullarni ham qo‘llash mumkin.

    Yuqorida ko‘rib chiqilgan usullar adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, muammolarni shakllantirish va ularning yechimini topish, g‘oyalar o‘rtasida bog‘liqliklarni o‘rnatish, tushunchalarni tahlil qilish, hodisalarning sabab-natija bog‘lanishlarini o‘rganish, voqea-hodisalarga munosabat bildirishga o‘rgatish hamda yozma va og‘zaki nutq savodxonliklarini oshirishda samarali natija beradi. Ushbu usullarni “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarida xalq dostonlaridan “Rustamxon”, “Go`ro`g’li” dostonlarini o`rganishda, ularni to`laqonli ochib berishda o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ayniqsa, millat or-nomusi, yor or-nomusi himoyasi ota-bobolarimiz tomonidan meros ekanligini uqtirishda o’z samarasini beradi. Eng asosiysi esa adabiyot fani o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra komil inson tarbiyasini o‘rtaga qo‘yib, uni ta’lim hamda tarbiya hamkorligida muvaffaqiyatli amalga oshirishga intiladi. Bu maqsad ijrosining qay darajada amalga oshishi har jihatdan fan o‘qituvchilarimizning pedagogik mahorati va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishlariga bog‘liqdir.




    Download 5,41 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




    Download 5,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ADABIYOT DARSLARIDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

    Download 5,41 Mb.