Ma’lumot
|
“V”- men bilgan
ma’lumotlarga mos
|
“-“ –men bilgan
ma’lumotlarga zid
|
“+” – men yangi yangi
ma’lumotlar
|
“?” – men uchun tushunarsiz
yokima’lumotni aniqlash ,
to‘ldirish talab qilinadi
|
Fanda biror hodisayoki biror-birobyektholatini o‘zgarishini oldindan ko‘ravaayta olishbashorat deb aytiladi
|
|
|
|
|
Bashorat-o‘rganilayotgan borliq (obyektlar) holatinining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar yig‘ish yoki olish jarayonidir
|
|
|
|
|
Bashoratlarko‘ra quyidagi turlarigabo‘linadi: operativ bashorat bir oy muddatga, qisqamuddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o‘rtamuddatlibashorat 1 yildan 5 yilgacha, uzoqmuddatli bashorat 5 yildan 15 yilgacha, judauzoq muddatli bashoratlar 15 yildanko‘proq muddatga ishlab chiqiladi.
|
|
|
|
|
Ekstropolyasiyausuli. Mazkur usulning mohiyati o‘zgarish yo‘nalishini kelajakka nisbatan ekstropolyasiya qilishdan iborat
|
|
|
|
|
Tizimlararo tahlil usuli. Mazkurusulning asosiy mohiyati shundan iboratki, bir tizimholatiningtahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat qilinadi
|
|
|
|
|
Umumsayyoraviygeografikbashoratlarning asosiymaqsadi insoniyatning kelajakdagi hayotiniva Yernisaqlabqolishgaqaratilgan muammolarini oldindan bashorat qilishdir
|
|
|
|
|
Ma’lumot
|
“V”- men bilgan
ma’lumotlarga mos
|
“-“ –men bilgan
ma’lumotlarga zid
|
“+” – men yangi yangi
ma’lumotlar
|
“?” – men uchun tushunarsiz
yokima’lumotni aniqlash ,
to‘ldirish talab qilinadi
|
Mintaqaviy bashoratdeb hududiy jihatdan chegaralangan tabiiy komplekslarni kelajakdagi o‘zgarishi oldindan asoslab berishga aytiladi.
|
|
|
|
|
Ma’lum bir muhandislik inshoati yoki inshoatlarguruhining tabiiy muhitga ta’sirini oldindan asoslab berishmahalliy geografik bashorat deyiladi.
|
|
|
|
|
Mintaqaviybashorat deb hududiy jihatdan chegaralangan tabiiy komplekslarning kelajakdagi o‘zgarishini oldindan asoslab berishga aytiladi
|
|
|
|
|
AKADEMIK LITSEYLARDA IBORA MAVZUSINING O‘TILISHI VA UNI O‘RGATISH BORASIDAGI TAVSIYALAR
Ishmatova N.M., To‘xtamisheva N.X. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi”ona tili va adabiyot fani bosh o‘qituvchilari
Tilshunoslikning iboralarni o‘rganuvchi bo‘limi frazeologiya bo‘lib, uni leksikologiya va sintaksis bo‘limlaridagi ko‘pgina mavzularni o‘tish jarayonida ham uchratamiz.
Nutq jarayonida fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham unumli foydalanamiz.Frazeologizmlar birdan ortiq so‘zlardan tashkil topishi bilan so‘z birikmasi yoki gap shaklida bo‘lsa-da, ulardan keskin farqlanadi va lug‘aviy birlik sifatida so‘zlarga yaqin turadi. Shuningdek, bu birliklar so‘z birikmasi yoki gap kabi nutq jarayonida hosil bo‘lmaydi, balki so‘z kabi tilda tayyor holda bo‘ladi. Shuning uchun ibora nutq hodisasi bo‘lmay, til hodisasi hisoblanadi.
Iboralar fikrni obrazli, ta’sirchan va jozibali qilishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, ba’zi iboralarda hissiy-ta’siriy bo‘yoq ham mavjud bo‘ladi. Masalan, yulduzni benarvon urmoq (o‘taketgan olg‘ir), qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan (o‘ta yuvosh), terisiga sig‘may ketdi (juda quvondi), qulog‘idan kun ko‘rinadi (juda ozg‘in), ilonning yog‘ini yalagan (o‘ta ayyor).
Iboralar, asosan, so‘zlashuv va badiiy uslubda keng qo‘llaniladi, ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanilmaydi.
So‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra shakldosh, ma’nodosh, paronim va zid ma’noli kabi turlarga ajraladi. Bu munosabatlar iboralar va qo‘shimchalar o‘rtasida ham ro‘y beradi. Ko‘pincha iboralardagi shu hodisani tahlil qilish o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diradi. Jumladan, o‘quvchilarning ko‘p ma’noli iboralar bilan shakldosh iboralarni farqlay olmasliklari natijasida jiddiy xatolikka yo‘l qo‘yiladi.
Eng avvalo, shakldosh, ma’nodosh, paronim zid ma’noliva ko‘p ma’noli so‘zlarga misollar keltirib, undan so‘ng bu hodisani iboralarda o‘rganilishi ma’quldir. Masalan, yerga urmoq – ko‘kka ko‘tarmoq (zid ma’noli ibora), qo‘l ko‘tarmoq – urmoq, qo‘l ko‘tarmoq – ovoz bermoq (shakldosh ibora), lom-lim demaslik – og‘zida qatiq ivitmoq (ma’nodosh ibora), yetti uxlab tushiga kirmaslik - yetti uxlab tushida ko‘rmaslik, tan olmoq – tin olmoq (paronim ibora), tili chiqdi (bosh ma’no, nutqqa ega bo‘lmoq, gapira boshlamoq) - tili chiqdi (aytishadigan bo‘lmoq) – (frazeologik ko‘p ma’nolilik)
Iboralar so‘zlar bilan ham ma’nodoshlik va zid ma’nolilik hosil qiladi. Ularga nisbatan leksik-frazeologik ma’nodoshlik va zid ma’nolilik atamasi qo‘llanadi. Masalan, xo‘rlamoq – yerga urmoq, eshitmoq – quloq solmoq (leksik frazeologik ma’nodoshlik), yuvosh – yerga ursa ko‘kka sapchiydi, bezovta – ko‘ngli to‘q (leksik frazeologik zid ma’nolilik)
Ayrim iboralar so‘z birikmalari bilan ham shakldoshlik hosil qiladi. Masalan, Bugun Nigora ancha chigilini yozdi (turg‘un birikma,ibora)Nigora kalavaning chigilini yozdi(erkin birikma,so‘z birikmasi), Qallob savdogar bechora xaridorning ko‘zini bo‘yadi (turg‘un birikma,ibora) Lola ko‘zini bo‘yadi (erkin birikma,so‘z birikmasi)
Tilshunoslikda paraforma iboralar degan atama ham bo‘lib, unda iboralarning so‘z tarkibi bir xil bo‘lib, grammatik shakllari farq qiladi.
Masalan, og‘ziga qaramoq - og‘ziga qaratmoq;boshiga ko‘tarmoq – boshida ko‘tarmoq, erdan chiqmoq – erga chiqmoq kabi
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Masalan, Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkak kishining ishi emas (ega), Nasibaning yuragiga qil sig‘mas edi(kesim). Ayol kishiga qo‘l ko‘tarishni xayolingizga keltirmang (to‘ldiruvchi), Sir boy berganning ahvoliga voy (qaratqich aniqlovchi) , Iltimos, ikki enlik xat yozib bering (sifatlovchi aniqlovchi), Nodir xonadan o‘pkasi to‘lib chiqib ketdi (hol)
Iboralarning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:
- ibora yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalaydi;
- ibora gap tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifani bajaradi;
- ibora tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nolarini yo‘qotgan bo‘ladi;
- iborani boshqa tillarga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi;
|