GEOGRAFIK BASHORAT (PROGNOZ) QILISH NAZARIYASINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI




Download 5,41 Mb.
bet58/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151
GEOGRAFIK BASHORAT (PROGNOZ) QILISH NAZARIYASINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Usmanova G.E. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” geografiya fani o‘qituvchisi
Bashorat, bashorat qilish – bu umumilmiy tushunchalar. Bashorat bu obyektning kelajakda kutilayotgan holati yoki bu holatga erishishning muqobil yo‘llari hamda muddatlari to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan fikr-mulohazalardir. Garchi bu mulohaza uchun ehtimollik tavsifi xos bo‘lsada, ma’lum darajada ishonchga ham ega bo‘ladi.

Bashorat qilishning juda ko‘p turlari mavjud. Masalan, iqtisodiy bashorat, xo‘jaliklar va uning alohida qismlarini (tarmoqlar, regionlar) rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashga va bu rivojlanish maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llarini izlashga qaratilgan sifat va miqdoriy tavsifga ega ilmiy tadqiqotlar tizimidan iborat. Yoki demografik bashorat – aholining harakatlanishi va aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi va oilaviy tuzilmasi, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya, aholining sifat tavsiflari kabi kelajakdagi demografik vaziyatning asosiy ko‘rsatkichlarini ilmiy asoslangan holda oldindan ko‘ra bilish . BMT tomonidan dunyo aholisining bashorat qilinishi barchaga ma’lum. Bashoratlar rayonli rejalashtirish va boshqa ko‘plab fanlararo sohalar tizimida ishlab chiqiladi.

Geografik bashorat nazariyasini yaratishda akademik I.Gerasimov, V.Sochava, M.Budiko, K.Kondratev, S.Shvars, V.Kotlyakov, shuningdek, A.Kapitsa, Yu.Saushkin, V.Preobrajenskiy, A.Ryabchikov, T.Zvonkova, M.Glazovskaya, A.Trofimov, Yu.Simonov, N.Svatkov, T.Runova, Yu.Lipets va boshqa olimlarning xizmatlari katta.

Geografik bashoratning muhim tamoyillarini Yu.Saushkin quyidagicha ajratgan: a) bashorat qilinayotgan obyekt yoki hodisaga tarixiy (genetik) yondashish; b) bosib o‘tilgan yo‘lni qayd etishga imkon ochib beruvchi solishtirish, taqqoslash, qiyoslash tamoyili; v) harakatsizlik tamoyili, ya’ni tarixiy jarayonning yo‘nalishlari, sur’atlari va asosiy tuzilmalarining turg‘unligi; g) uyushuvchanlik tamoyili, ya’ni ushbu obyekt yoki hodisani boshqalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvida bashorat qilish; d) noaniqlik tamoyili (bashoratning ko‘p variantliligi); e) mazmuni muntazam ravishda unga aniqlik kiritish va qayta ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lgan bashoratning uzluksizlik tamoyili .

Geografik bashoratda ikki muhim – kompleks va tarmoq yo‘nalishi ajratiladi. Tarmoq bashoratiga I.Gerasimov kutilayotgan iqlim, suv muvozanati o‘zgarishlarini, biogegorafik va landshaft-geografik bashoratlarni misol qiladi. Uning fikriga ko‘ra, umumiy yoki kompleks bashorat yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi, sababi u geografiyaning birlashtiruvchi kuchidan va tabiat, aholi va xo‘jaliklarning hududiy joylashish qonuniyatlarini o‘rganish sohasidagi bilimlaridan yanada kengroq foydalanishga imkon beradi. Geografik bashoratning eng muhim vazifasi ustida to‘xtaladigan bo‘lsak, u geografik muhitning holati va rivojlanish yo‘nalishlari to‘g‘risida, undan nisbatan oqilona foydalanish maqsadida, ilmiy asoslangan fikrlarni ishlab chiqishdan iborat.

Hududiy qamrovi bo‘yicha geografik bashorat lokal (mahalliy), regional va global bo‘ladi. Regional bashoratlarga misol qilib, Kaspiy, baykal, orol, Ladoga, sevan kabi suv obyektlari bilan bog‘langan bashoratlarni; global bashoratga esa, “issiqxona ta’siri”ning kuchayishi natijasida yer iqlimi o‘zgarishining bashoratini keltirish mumkin.Geografik bashorat qilish mavzusini o‘rganishda akademik litsey o‘quvchilariga bashorat usullari, sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar, O‘zbekiston geotizimlarining o‘zgarishini bashoratlash kabi tushunchalar beriladi va bunda biz insert jadvalidan foydalangan holda mavzuni o‘zlashtirishni amalga oshiramiz .

Geografik bashorat qilish mavzusini o‘rganishda insert jadvalidan foydalanish vaqtida o‘quvchilardan tushunchalarga alohida izoh berib o‘tishlarini hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim.

Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsata olish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.

Hozirgi kundagi ishlab chiqarish, texnika va tabiatdan foydalanish jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik, geosiyosiy sharoit tadrijiy ravishda o‘zgarib borayotganvaqtda Geografik bashorat qilish mavzusini o‘rganish har jihatdan maqsadga muvofiqdir.

Insert metodidan foydalanishda o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini kuzatish mumkin.



  • o‘quvchi o‘qitilmaydi, uni mustaqil o‘qish, o‘rganish, izlanishga o‘rgatiladi.

  • o‘quvchilar mavzu asosida geografik bashorat turlarini mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o‘zlashtiradi.

  • jadvalni to‘ldirib borish davomida ijodiy mulohaza yuritishadi.

  • o‘zlarinig shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o‘rgatiladi.

  • Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o‘z pozitsiyasini himoya qila olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Demak, geografiya darsining sifati va samaradorligi o‘quvchining o‘quv mavzusini mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug‘ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog‘liq.




Download 5,41 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEOGRAFIK BASHORAT (PROGNOZ) QILISH NAZARIYASINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Download 5,41 Mb.