O’QUVCHILARNING FIZIKADAN MASALALAR YECHISHIDA UCHRAYDIGAN TIPIK XATOLIKLAR




Download 5,41 Mb.
bet52/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151
O’QUVCHILARNING FIZIKADAN MASALALAR YECHISHIDA UCHRAYDIGAN TIPIK XATOLIKLAR
Yaxshiboyev I.A. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Samarqand ”Temurbeklarmaktabi”o’qituvchisi
O’quvchilarning fizikafanini qanchalik o’zlashtirganligiularning nazariyolgan bilimlarini turli qiyinchilikdagi masalalarni yechishga qanchalik to’gri qo’llay olishlari bilan belgilanadi. Fizikadan masalalar yeshish bu ijodiy jarayon. Ba’zi hollarda fizikaviy hodisalarni, qonuniyatlarni, ta’riflar va formulalarni yaxshi o’zlashtirgan, matematik jihatdan yaxshi bilimga ega bo’lgan o’quvchilar ham ba’zi masalalarni yechishda qiynalishadi va ko’p uchraydigan tipik xatollarga yo’l qo’yishadi.

Fizika fanini o’qitishda, ayniqsa amaliy va qo’shimcha darslarda o’quvchilarni masalalar yechish jarayonida ko’p uchraydigan tipik xatolarni aniqlash,ularni tahlil qilish va bunday xatoliklarni paydo bo’lish sabablarini o’rganish va bunday xatolarni bartaraf qilish yo’llarini topish o’quvchilarni kelgusida bunday xatoliklarga yo’l qo’ymasliklarini ta’minlaydi. O'quvchilarni fizikadan masala va testlarni yechishda ko’p uchraydigan tipik xatoliklarga ba’zi bir misollarni ko’rib chiqamiz.



  1. Moddiy nuqtani harakat tenglamasi ko’rinishda berilgan. Moddiy nuqtani harakati qanday harakat?

Bu savolga ko’pchilik o’quvchilar harakat tekis sekinlanuvchan deb javob berishadi. Harakat tenglamasidan ko’rinib turibdiki =. Tezlanishni manfiy ekanligidan ko’pchilik o’quvchilar bu harakat to’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat deb javob berishadi. Ammo aslida bunday emas. Harakat tenglamasidan ko’rinib turibdiki, , ya’ni boshlang’ich tezlikni X o’qidagi proyeksiyasi ham manfiy. Demak moddiy nuqta X o’qiga qarshi harakat qilmoqda. Agar moddiy nuqta X o’qiga qarshi sekinlanuvchan harakat qilganda edi tezlanishni X oqidagi proeksiyasi musbat bo’lar edi. Agar moddiy nuqta X o’qiga qarshi tezlanuvchan harakat qilsa tezlanishning yo’nalishi tezlik yo’nalishi bilan bir xil bo’lib, uning X o’qidagi proyeksiyasi manfiy bo’ladi. Demakbu harakat X o’qiga qarshi tekis tezlanuvchan harakat ekan. Bu misolda asosiy tipik xato tezlanishni vektor kattalik ekanligi, harakat tenglamasidagi= tezlanishni X o’qidagi proyeksiyasi manfiy ekanligini bilmaslikdir. Shunga o’xshash yana bir masalani ko’rib chiqamiz.

2. Massasi 2 kg bo’lgan jism gorizontga 600 burchak ostida 0=40 boshlag’ich tezlik bilan otildi. Jismning trayektoriyasi eng yuqori nuqtasiga yetgandagi impulsining o’zgarishini toping.



Ko’pchilik o’quvchilar ushbu masalani quydagicha yechishadi. Jismni otilish nuqtasidagi boshlang’ich impulsini hisoblashadi:

;;
Trayektoriyaningeng yuqori nuqtasidagi impulsini hisoblashadi:

; ;

Impulsni o’zgarishi:



;

Javob: .



Bu javob albatta noto’g’ri. Sababibu masalada ham xuddi yuqoridagi masaladagi kabi impulsni vektor kattalik ekanligi hisobga olinmadi.

1-rasm
Impulsningo’zgarishi ham vektor kattalik bo’lib, u boshlang’ich va keyingi impulslarning vektor ayirmasidan iborat (1-rasm). Uning moduli quydagicha topiladi:



=69,2

To’g’ri javob :,2

Kinematik masalalarni yechishda koordinatalar sistemasini to’g’ri va qulay tanlash muhim ahamiyatga ega. Ko’pchilik o’quvchilar kinematik masalalarni yechishida koordinatalar sistemasini shunday tanlashadiki, bunda X o’qini gorizontal, yo’qini esa vertikal yo’naltiradilar. To’g’ri koordinatalar sistemasini tanlash ixtiyoriy, ammo yechimga oson olib keladigan koordinatalar sistemasini tanlash maqsadga muvofiqdir. Misol tariqasida quyidagi masalani ko’rib chiqamiz:

3. To’p qiyaligi bo’lgan tog’ etagiga o’rnatilgan to’pdan qiyalikga nisbatdan burchak ostida 0 tezlik bilan snaryad otildi. Snaryad qancha uzoqlikka borib tushadi.



O’quvchilar ko’pchilik hollarda ushbu va shunga o’xshash masalalarda X o’qini gorizontal yo’qini vertikal yo’naltiradilar. Bu kordinatalar sistemasida masalani yechish ancha qiyinchilik tug’diradi. Bunda kordinatalar sistemasini 2-rasmda ko’rsatilgandek tanlash masalani yechishni ancha osonlashtiradi.

2-rasm.


Ushbu kordinatalar sistemasida snaryadning harakat tenglamalar quyidagicha bo’ladi.

x0=0, y0=0, v0x=v0cos, v0y=v0sin, x=-gsin ay=-gcos ekanligini inobatga olsak harakat tenglamalari quyidagi ko’rinishga keladi



Snaryad yerga tushganda y=0, x=S



Ikkinchi tenglamadan t ni topib birinchi tenglamaga keltirib qo’yib va ba’zi soddalashtirishlardan keyin S ni topamiz:



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o’quvchilarning ishlarida uchraydigan shu kabi tipik xatolarni aniqlash ularni tahlil qilish, xatolarni kelib chiqish sabablarini o’rganib, shu asosda o’quvchilarning bilimlaridagi bo’shliqlarnianiqlash va o’quvchilarga to’g’ri ko’rsatmalar berish kelgusida bunday tipik xatoliklarga yo’l qo’ymasligini ta’minlaydi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’QUVCHILARNING FIZIKADAN MASALALAR YECHISHIDA UCHRAYDIGAN TIPIK XATOLIKLAR

Download 5,41 Mb.