O‘quv jarayonidagi vazifaga ko‘ra




Download 5,41 Mb.
bet49/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
O‘quv jarayonidagi vazifaga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish). Didaktik vositalar- his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish)– haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, magnitofon; audiovisual (ko‘rish-eshitish) – ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklardir.

Dars maqsadining aniq bo‘lishiga erishish uchun o‘qituvchidan quyidagilarga e’tibor qaratish talab etiladi: darsda yuzaga keladigan didaktik jarayon ma’lum sharoit va belgilangan vaqt ichida ta’lim maqsadiga erishishni to‘la ta’minlay olishi; o‘qitish jarayonining yakuni bo‘yicha maqsadni amalga oshirish darajasi to‘g‘risida aniq xulosa chiqarish imkoniyatining mavjudligi.

Demak, innovatsion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to‘qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga yo‘naltirilgan faoliyat sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy – texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berish orqali ta’lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi hamda u ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu bois har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa, ta’lim jarayoni ham, sifat ham samaradorlik nuqtayi nazardan taraqqiy etadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimining rivojini ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, ma’rifatli va madaniyatli dunyoning ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘zi mansub bo‘lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo‘ladi. Shu bois, bilim berish uzluksiz ta’limning eng muhim jabhalaridan hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus harbiy ta’lim muassasalarida etishtirilayotgan kadrlar, har jihatdan yetuk, salohiyatli va mukammal bilimga ega bo‘lishi jamiyat va davlatning, unda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xavfsiz yashashi, faoliyat yuritishida munosib o‘rin tutadi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv jarayonidagi vazifaga ko‘ra

Download 5,41 Mb.