2. Talabani tushunish qobiliyatiga oid test
Berilgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar vazifalarini ta’riflang
1
|
Tankka qarshi minalar
|
A
|
Yovning tirik kuchlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan
|
2
|
Piyodalarga qarshi minalar
|
V
|
Yovning jangovar zirxli texnikalarini ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan.
|
3
|
RGD-5 qo‘l granatasi
|
C
|
Mudofaa vaqtida qo‘llaniladi
|
4
|
F-1 qo’l granatasi
|
D
|
Hujum vaqtida qo‘llaniladi
|
Javobi:
Javob:
|
1-V
|
2 -A
|
3 - D
|
4 - S
|
Aziz o‘qituvchilar, agar bugungi suhbatimizga yakun yasaydigan bo‘lsak, keling ta’lim tizimini rivojlantirishda biz ham kreativ yondashib o‘z hissamizni qo‘shaylik.
TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING
O‘RNI VA AHAMIYATI
Yulchibayeva G. B.– O‘zbekiston Respublikasi IIV Farg‘ona akademik litseyi bosh o‘qituvchisi
Alixonov E. J.– Farg‘ona soliq kolleji yetakchi o‘qituvchisi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi. Ammo ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o‘z-o‘zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu o‘qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq jarayon. O‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay turib, uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo‘lmaydi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda axborot texnoligiyalardan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda. Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televideniye)dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish. Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish. Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yo‘nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohasidir. Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
– har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o‘qitilayotgan o‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;
– voqea va hodisalarni kompleks o‘rganishni, aniq, tabiiy-ilmiy,texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini ta’minlash;
– o‘quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy tarzda va dinamik ravishda yangilash.
Asosiy maqsad – shaxsning ta’lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim. Ko‘p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchining bo‘lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quv yurtlaridan birida ta’lim oluvchilar bilimlarini nazorat qilish uslubini ma’muriyat barcha fanlar uchun bir xilda, ularni har birining xususiyatlarini hisobga olmay asossiz belgilangan. Pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini ro‘yobga chiqarish davomida turli o‘qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me’yorlarini belgilovchi qo‘llanma, go‘yoki qolip sifatida qarash mumkin. Pedagogik texnologiya ko‘p jihatdan o‘tmishdagi mashhur pedagoglarning orzulariga mos keladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini yangidan yangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta’lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgandir. Pedagogik tajriba-sinov amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O‘tkazilayotgan tajriba - sinovning xarakteri bilan bogliq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, didaktik ishlanmalarning yaratilishi va tajriba - sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o‘quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o‘quvchi hamda o‘qituvchining jonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog’i lozim. Pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-talabaning boshqa o‘quvchi - talabalar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Pedagogik texnologiya asosida dars o‘tishda eng asosiy talab talabaning hayotiy tajribasi avval o‘zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko‘zda tutadi. Pedagogik texnologiya o‘rganilayotgansoha bo‘yicha talabalarda bilim yetarlicha bo‘lmagan holda ham talabada salbiy kechinmaga o‘rin qoldirmaslikni, bu talabaning aybi emasligini tan olishni talab etadi. Pedagogik texnologiya talabalarning o‘rganilayotgan soha bo‘yicha bilimlarni esga tushirish, jonlantirish yangi bilimni o‘zlashtirishga asos bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash talabani faollashtirish va bilim o‘zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi. Pedagogning belgilangan o‘quv-tarbiya vazifalarini me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablar asosida yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy ko‘rsatkichlar doirasida bajarish holati ishlash qobiliyati deb atalishi mumkin. Demak, u yoki bu fan o‘qituvchisining mahoratini aniqlashda uning faoliyati davlat ta’lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga nechog’lik mos kelishi nazarda tutiladi. Ma’rifatli va madaniyatli dunyoning ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo‘lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo‘ladi. Zero, shaxs mansub bo‘lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o‘rni bor. Yuqorida aytib o‘tganimizdan shuni xulosa qilamizki, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish, ta’limda yuqori samaradorlikka erishish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonini texnik vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Maktablarda, litsey va kollejlarda, oliy ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali dars o‘tish o‘quvchilarga berilayotgan axborotni tez va oson yetib borishini, ularni tushunarli va xotirada yaxshi saqlanishining asosi bo‘ladi. Bundan tashqari ta’lim tizimida telekonferensiyalarni tashkil qilinganligi ta’lim jarayonining yutuqlaridan biridir. Bu orqali o‘quvchi, talabalar fikr almashishlari, erkin fikrlash va o‘z fikrini to‘g‘ri va aniq etkazish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Internet tizimlari orqali jahonning boshqa mamlakatlarida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, tadbirlar, ta’lim jarayonining yangiliklari va yutuqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Demak, axborot texnologiyalari – talabalarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan, ma’lumotlarni tashkil etish, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnika vositalari bo‘lib xizmat qilar ekan.
|