• Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
  • Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida




    Download 355,84 Kb.
    bet1/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi355,84 Kb.
    #156263
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    291 сонли карор 19,05,2020й


    

    [OKOZ:

    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);

    2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]

    [TSZ:

    1.Iqtisodiyot / Sanoat;

    2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash, shuningdek “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
    Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlasinlar.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
    5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

    Download 355,84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 355,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

    Download 355,84 Kb.