• 4-bob. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish
  • 5-bob. Yakunlovchi qoida
  • -bob. XIChOda sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish




    Download 355,84 Kb.
    bet9/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi355,84 Kb.
    #156263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    291 сонли карор 19,05,2020й

    3-bob. XIChOda sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
    18. Ishlab chiqarish nazorati xizmati (xodimi) XIChOning sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni XIChOdan foydalanuvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda identifikatsiyalash, to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash, kiritish va ro‘yxatdan chiqarishni amalga oshiradi yoki tashkil etadi.
    XIChOning sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yuritilishi sanoat xavfsizligi talablari bajarilishini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda qo‘llaniladigan texnik qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilgan ma’lumotlarning tarkibiy elementi bo‘lishi kerak.
    19. XIChOning sanoat xavfsizligi holati haqidagi barcha ma’lumotlar XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi. Bunda ularning yaroqsiz holatga kelishi va yo‘qotilishining oldini oluvchi shart-sharoitlar ta’minlanishi kerak.
    XIChOning sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash muddatlari XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari buyrug‘i bilan belgilanadi.
    Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlardan XIChOda sanoat xavfsizligi holati hamda ishlab chiqarish nazorati amalga oshirilishi to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ma’lumotlarni so‘rab olishga haqlidir.
    4-bob. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish
    20. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlar yil yakunlari bo‘yicha, shuningdek so‘rovga ko‘ra ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlariga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalariga va boshqa vakolatli organlarga taqdim etadi.
    21. Ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi to‘g‘risidagi axborot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
    a) sanoat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil etish tartibi;
    b) ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimning familiyasi, uning lavozimi, ma’lumoti, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, sanoat xavfsizligi bo‘yicha oxirgi attestatsiya sanasi;
    v) asosiy potensial xavf manbalari, ehtimol tutilgan avariyalar oqibatlarining tavsifi bilan XIChOlar soni;
    g) sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish hamda tekshiruv natijalari, shuningdek, qoida buzilishlarini bartaraf etish va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalarining yozma ko‘rsatmalarini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    d) XIChOda avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi nusxasi;
    e) XIChOda qo‘llaniladigan va majburiy sertifikatlanadigan asbob-uskunalarning holati;
    j) XIChOdan foydalanuvchi tashkilot xodimlarining avariya vaqtidagi harakatlarga shayligini baholash;
    z) XIChOda sodir bo‘lgan noxush hodisalar va avariyalarning tavsifi, ularning yuz berishi sabablari va ko‘rilgan choralar tahlili;
    i) XIChO rahbarlari, mutaxassislari va boshqa xodimlarini sanoat xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish rejasi.
    5-bob. Yakunlovchi qoida
    22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
    (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/291/0613-son)

    Download 355,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 355,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. XIChOda sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

    Download 355,84 Kb.