|
-bob. Reyestrga o‘zgartirishlar kiritish yoki XIChOni Reyestrdan chiqarish
|
bet | 4/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 355,84 Kb. | | #156263 |
Bog'liq 291 сонли карор 19,05,2020й4-bob. Reyestrga o‘zgartirishlar kiritish yoki XIChOni Reyestrdan chiqarish
16. Reyestrda hisobga olingan XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, XIChOdan foydalanuvchi tashkilot o‘n ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza berish yo‘li bilan ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
XIChOni rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi;
identifikatsiya varaqasini o‘z ichiga olgan XIChOni sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi xulosa nusxasi.
17. XIChO tugatilgan yoki foydalanishdan chiqarilgan taqdirda, arizaga XIChOni tugatish yoki foydalanishdan chiqarishga loyixa xujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasining tegishli xulosasi ilova qilinadi.
18. Reyestrga o‘zgartirish kiritish yoki XIChOni Reyestrdan chiqarish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan XIChOdan foydalanuvchi tashkilot tomonidan ariza taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
19. Reyestrda hisobga olingan XIChO ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi tashkilot XIChOdan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.
20. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasi yoki boshqa vakolatli organ XIChOni Reyestrdan chiqarish uchun bir hafta muddatda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etishi shart:
XIChOni Reyestrdan chiqarish uchun asos bo‘luvchi hujjat nusxasi (muassisning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, sudning qarori, oldi-sotdi shartnomasi);
mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasining nusxasi.
21. XIChO Reyestrdan chiqarilganda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ariza beruvchiga bir hafta muddatda bevosita pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda tegishli xabarnoma yuboriladi.
|
| |