|
-bob. XIChOni hisobga olish va Reyestrni yuritish
|
bet | 3/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 355,84 Kb. | | #156263 |
Bog'liq 291 сонли карор 19,05,2020й3-bob. XIChOni hisobga olish va Reyestrni yuritish
5. XIChOni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish orqali amalga oshiriladi.
6. XIChOni Reyestrda hisobga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot XIChOni Reyestrda hisobga olish uchun XIChOni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan va identifikatsiyalashdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida ekspert tashkilotining xulosasi olingan sanadan o‘n kundan kech bo‘lmagan muddatda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga bevosita, pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda ariza taqdim etilishini ta’minlaydi:
XIChOning identifikatsiya varaqasini o‘z ichiga olgan sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi xulosaning nusxasi;
XIChOni tekshiruvdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblashning bir baravari miqdoridagi to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
8. U haqidagi ma’lumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga tegishli bo‘lgan XIChOni Reyestrda hisobga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Reyestrni yuritish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklanadi va quyidagi tartib-taomillarni o‘z ichiga oladi:
hisobga olish raqamini berish bilan XIChO to‘g‘risidagi zarur axborotni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy yangilash yoki uni Reyestrdan chiqarish.
10. Reyestrni yuritish axborotning qog‘oz va elektron shaklda saqlanishini ta’minlash prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
11. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi XIChOni Reyestrga kiritish uchun ariza kelib tushgan sanadan boshlab o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ularning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, zarur hollarda joyiga chiqqan holda XIChOning ushbu hujjatlarga muvofiqligiga aniqlik kiritish maqsadida uni tekshiruvdan o‘tkazadi.
12. Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lganda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ariza beruvchiga mavjud e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida ariza qabul qilingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yozma xabarnoma yuboradi, xabarnomada ariza beruvchi e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi, biroq ushbu muddat yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
13. XIChOni Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos bo‘lgan e’tiroz va kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan uch ish kuni davomida takroran ko‘rib chiqiladi, tegishli ma’lumotlar Reyestrga kiritiladi hamda bir hafta muddatda ariza beruvchiga XIChO Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
14. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot qayta tashkil etilganda yoki nomi o‘zgarganda, uning rahbari arizasiga asosan XIChO Reyestrda qayta hisobga olinadi.
15. XIChOni qayta hisobga olish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan XIChOni Reyestrda hisobga olish uchun nazarda tutilgan tartibda to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi.
|
| |