• Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
  • T/r Xavfli ishlab chiqarish obyektining nomi




    Download 355,84 Kb.
    bet7/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi355,84 Kb.
    #156263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    291 сонли карор 19,05,2020й

    T/r

    Xavfli ishlab chiqarish obyektining nomi




    Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    1.

    ___________________________;

    2.

    ___________________________;

    3.

    ___________________________;

    ______________

    ______________

    ______________

    rahbarning lavozimi

    imzo

    F.I.O.

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 291-son qaroriga
    2-ILOVA
    Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mulkchilik shaklidan hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar jismoniy va yuridik shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
    xavfli ishlab chiqarish obyekti (keyingi o‘rinlarda — XIChO) — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
    sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqarish nazorati) — XIChOning xavfsiz ishlashini ta’minlashga, avariya va noxush hodisalarning oldini olishga, shuningdek, ehtimol tutilgan avariya va noxush hodisalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ularning oqibatlarini tugatishga shaylikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi;
    sanoat xavfsizligi talablari — qonun hujjatlarida, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hamda rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydigan shartlar, taqiqlar, cheklovlar va boshqa majburiy talablar;
    avariya — XIChOdagi inshootlar va (yoki) qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi;
    noxush hodisa — XIChOda qo‘llaniladigan texnika qurilmalarning ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishi;
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilot — mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar hususiy mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida XIChOdan foydalanadigan tashkilot.
    3. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot raxbari “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 18-moddalari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydi, shuningdek, ishlab chiqarish obyektining ixtisosligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi lokal hujjat ishlab chiqilishini tashkil etadi.
    Ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi lokal hujjat O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) organlari bilan majburiy kelishilgan holda XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
    Xodimlari soni yigirma kishidan kam bo‘lgan XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlar XIChOdan foydalanuvchi hamda shtatida ishlab chiqarish nazorati xizmati (bo‘lim, departament, byuro) mavjud bo‘lgan tashkilotlar bilan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishi mumkin.
    XIChOda avariya sodir bo‘lgan taqdirda, XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari XIChO xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish choralari ta’minlanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
    4. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish vakolati tashkilotning quyidagi xodimlaridan biriga yuklanadi:
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbarining o‘rinbosarlaridan biriga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 150 nafardan kam bo‘lsa;
    maxsus tayinlangan xodimga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 150 nafardan 500 nafargacha bo‘lsa;
    ishlab chiqarish nazorati xizmati rahbariga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 500 nafardan 5 000 nafargacha bo‘lsa;
    bo‘lim boshlig‘iga — texnik rahbar o‘rinbosariga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 5 000 nafardan 10 000 nafargacha bo‘lsa;
    departament (bo‘lim) rahbariga — korxona texnik rahbarining o‘rinbosariga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 10 000 nafar va undan ko‘p bo‘lsa.
    Ishlab chiqarish nazorati xizmati xodimlari soni XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
    5. Ishlab chiqarish nazorati xizmati (bo‘limi, departamenti, byurosi) xodimlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    ishlab chiqarish obyekti ixtisosligiga muvofiq bo‘lgan oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lish;
    tegishli tarmoqdagi XIChOda kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lish;
    sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qiganligi va attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikat yoki guvohnomaga ega bo‘lish.
    6. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan xodim (xizmat) quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    XIChOda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlaydi;
    tegishli xizmatlar tomonidan zarur sinov va ko‘riklar, shuningdek, XIChOda qo‘llaniladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlar diagnostikasi o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    XIChOda avariya va noxush hodisalarning oldini olishga, shuningdek, ehtimol tutilgan avariya va noxush hodisalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ularning oqibatlarini tugatishga shaylikni ta’minlaydi;
    XIChOda sanoat xavfsizligi xolatini takomillashtirishga hamda baxtsiz hodisalar, avariyalar va noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
    texnologik intizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
    7. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagi huquqlarga ega:
    kunning istalgan vaqtida XIChOga to‘sqinliksiz kirish;
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda sanoat xavfsizligi holatini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish;
    sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariga sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar kiritish.
    8. Ishlab chiqarish nazorati amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagi majburiyatlarga ega:
    a) XIChO xodimlari tomonidan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini ta’minlash;
    b) har yili:
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilot bo‘linmalarida ishlab chiqarish nazoratini ta’minlash yuzasidan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ish rejani;
    sanoat xavfsizligi holatini tekshirish hamda ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalari yuzasidan sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
    v) sanoat xavfsizligi holati yuzasidan kompleks va maqsadli tekshiruvlar o‘tkazish, ish joylaridagi xavfli omillarni aniqlash;
    g) XIChOda avariyalar va noxush hodisalar kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish;
    d) XIChOda sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
    e) XIChOda avariyalar va noxush hodisalar, shuningdek, baxtsiz xodisalar yuzaga kelishining sabablarini tahlil qilish hamda ularni hisobga olish hujjatlari saqlanishini ta’minlash;
    j) sanoat xavfsizligi sohasida xodimlarning tayyorgarligi va attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etish;
    z) XIChOda yangi texnologiyalar va uskunalar joriy etilishida ishtirok etish;
    i) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan sanoat xavfsizligi talablaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni XIChO xodimlariga yetkazish;
    k) XIChOdan foydalanuvchi tashkilot raxbariga:
    sanoat xavfsizligini ta’minlash va takomillashtirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;
    sanoat xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish;
    tegishli malakaga ega bo‘lmagan, sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘z vaqtida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tmagan shaxslarni XIChOda ishlashdan chetlashtirish;
    sanoat xavfsizligi talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish.
    9. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagilar ustidan nazoratni ta’minlaydi:
    sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar, ruxsat beruvchi hujjatlar shartlari bajarilishi;
    sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan XIChOning qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, kapital ta’mirlanishi, texnik jihatdan qayta jihozlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shuningdek, XIChOda foydalaniladigan texnik qurilmalarning ta’mirlanishi;
    avariyalar va noxush hodisalarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarining bartaraf etilishi;
    tegishli xizmatlar tomonidan XIChOda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning zarur sinov va texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazilishi, nazorat o‘lchov vositalarining ta’mirlanishi va qiyoslovdan o‘tkazilishi;
    qo‘llaniladigan texnika qurilmalariga sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;
    Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari yozma ko‘rsatmalarining bajarilishi.

    Download 355,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 355,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    T/r Xavfli ishlab chiqarish obyektining nomi

    Download 355,84 Kb.